Kontent qismiga oʻtish

Ash-Shayx al-Mufid

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad ibn an-Numon
أَبُو عَبْدِ ٱللّٰهِ مُحَمَّدُ بْنُ مُحَمَّدٍ بْنِ ٱلنُّعْمَانِ
Unvoni ash-Shayx al-Mufid, Ibn al-Mu’allim
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 948
Vafoti 1022 (yoshi 73–74)
Dini Islom
Era Islom oltin davri
Mazhab shia
Yurisprudensiya Jaʼfariy
Imom imomiya
Asosiy qiziqish(lar)i Kalom, hadis, Ilm ar-rijol, Usul al-Fiqh va fiqh
Mashhur ish(lar)i al-Amoli, Avvol al-maqolat va Kitob al-Irshod
Kasbi musulmon olim

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muhammad ibn an-Numon ibn Abdul Salam al-Ukbariy al-Bagʻdodiy (arabcha: أَبُو عَبْدِ ٱللّٰهِ مُحَمَّدُ بْنُ مُحَمَّدٍ بْنِ ٱلنُّعْمَانِ بْنِ عَبْدِ ٱلسَّلَامِ ٱلْحَارِثِيُّ ٱلْعُكْبَرِيُّ ٱلْبَغْدَادِيُّ‎, ash-Shayx al-Mufid (arabcha: الشیخ المفید‎) va Ibn al-Mu’allim nomlari bilan tanilgan; milodiy taxminan 948–1022) – mashhur imomiy shia musulmon olimi, faqih va mutakallim. Kelib chiqishi Iroqdan boʻlgan[1][2]. Otasi muallim boʻlgani uchun u „Ibn al-Mu’allim“ („muallim oʻgʻli“) taxallusini olgan. „al-Mufid“ („foyda keltiruvchi [kishi]“) taxallusi unga yoki oʻn ikkinchi shia imomi Muhammad al-Mahdiy tomonidan[3] yoki u bilan bahsdan soʻng muʼtaziliy olim ar-Rummoniy tomonidan berilgan[4]. Oʻz davrida shialar jamoasining yetakchisi boʻlgan[5].

U yirik shia olimlari ash-Shayx as-Saduq va Ibn Qulavayhdan, shuningdek muʼtaziliy olimlar Abu al-Husayn al-Basriy va ar-Rummoniyning huzurida tahsil olgan. Shogirdlari orasida keyinchalik oʻzlari ham yirik olimlarga aylangan Sharif al-Murtazo va Shayx Tusilar bor edi. Uning 200 ta asaridan atigi 10 tasi saqlanib qolgan boʻlib, ular orasida Amoli, al-Irshod, al-Muqniʼa va Tashhih al-itiqodat bor.

  1. „Al-Amali, The Dictations of Shaykh al-Mufid“. Al-Islam.org. Qaraldi: 2016-yil 14-fevral.
  2. Marcinkowski, Christoph. Shi'ite identities : community and culture in changing social contexts. Wien: Lit, 2010 — 59-bet. ISBN 978-3-643-80049-7. 
  3. Ak̲h̲tar, Vaḥīd. Early Shīʻite Imāmiyyah Thinkers. Ashish Publishing House, 1 January 1988. ISBN 978-81-7024-196-6. 
  4. Kraemer, Joel L.. Humanism in the Renaissance of Islam: The Cultural Revival During the Buyid Age. BRILL, 1992 — 67–-bet. ISBN 90-04-09736-8. 
  5. McAuliffe, Jane Dammen. Qurānic Christians : an analysis of classical and modern exegesis, digital, Cambridge: Cambridge University Press, 1991 — 46-bet. ISBN 978-0-521-36470-6.