Asbobsozlik sanoati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asbobsozlik sanoati — Mashinasozlik uchun qirquv va oʻlchov asboblari, uzunlikni oʻlchaydigan anjomlar, kesuvchi slesarmontaj asboblari hamda moslamalar chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Turli asboblar ishlab chiqarishning rivojlanishi metallni qayta ishlash sanoati, ayniqsa, stanoksozlikning oʻsishi bilan bogʻliq. Asbobsozlik sanoati mustaqil sanoat tarmogʻi sifatida 19 — asr oʻrtalarida tarkib topdi. 19 — asrning 20 — 30 yillarida qattiq metallarni eritishning ixtiro qilinishi ularni eritib, qotishmaga aylantiradigan asboblarning vujudga kelishiga sabab boʻldi. Asbobsozlik sanoati koʻpgina sanoat tarmoklarini kerakli asboblar bilan taʼminlaydi. Ayniqsa, u mashinasozlik zavodlari uchun asboblar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashinasozlik korxonalarining oʻzida ham ayrim asboblar tayyorlanadi. Maxsus asbobsozlik zavodlarida koʻmir, neft, togʻ-kon sanoatlari va tibbiy muassasalari uchun ham asboblar ishlab chiqariladi.Asbobsozlik sanoati Oʻzbekistonda ham rivojlangan. 1940-yilgacha respublika korxonalaridagi ayrim sexlarda kam miqdorda asboblar tayyorlanar edi. Toshkentda asbobsozlik zavodi (1943), 1941-yil Toshkent korborund va abraziv zavodlari ishga tushirildi (1963-yilda ikki zavod birlashtirilib, Toshkent abraziv kombinati tashkil etildi). 1970-yildan olmos, 1973-yildan sunʼiy olmos mahsulotlari ishlab chiqarish boshlandi. 1975 yildan toʻliq abraziv mahsulotlari ishlab chiqarishga oʻtildi. 1990 — 96 yillarda k-t „Elbor“ ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi (1996-yildan „Oʻta qattiq materiallar“ aksiyadorlik jamiyati). Jamiyat mahsulotlari chet ellarga ham eksport qilinadi. Oʻzbekistonda asbobsozlik sanoati korxonalari („Toshkent asbobsozlik zavodi“, „Toshkent abraziv zavodi“, „Oʻta qattiq materiallar“ ochiq turdagi davlat-aksiyadorlik jamiyatlari) „Oʻzmashsanoat“ uyushmasi tarkibiga kiradi. Shuningdek, yirik mashinasozlik sanoati korxonalarida maxsus asbobsozlik sexlari mavjud. Yirik ilmiy-amaliy markazlardan biri boʻlgan „Texnolog“ aksiyadorlik jamiyati oʻta qattiq materiallardan yangi asboblar tayyorlash va joriy etishnitaʼminlaydi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir]