Asbest karton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asbest karton — Xrizotil-asbest tolaga bakelit shimdirib tayyorlanadigan oʻtga chidamli izolyatsiya materiali. Asbest karton 2 – 10 mm qalinlikda 1000 x 1000 mm oʻlchamli list koʻrinishida ishlab chiqariladi. Pardozlash, issiqlikdan izolyatsiyalash materiali sifatida, qistirma tayyorlash va b. maqsadlarda ishlatiladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]