Kontent qismiga oʻtish

Asavira

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Asavira (arabcha: أساورة‎) – Roshidun va Umaviylar xalifaligining harbiy qismi. Boʻlinma dastlab Sosoniylar qoʻshinining asvaran boʻlimi tarkibiga kirgan Eron zodagonlaridan iborat edi. 703-yilga kelib, Hajjoj ibn Yusuf tomonidan tarqatib yuborilgan.

Arablarning Eronga bosqini paytida Sosoniylar shohi Yazdigard III (h. 632–651) Siyoh al-Usvariy boshchiligida 1 000 nafar otliq askarni Xuzistonni himoya qilish uchun yuborgan. Bu 1 000 kishi etnik jihatdan isfahonlik eroniylar, Isfahon hamda Xuziston oʻrtasidagi hududdan boʻlib, ular Sosoniylar armiyasining asvaran boʻlinmasida xizmat qilgan. Shushtar qamalida (641—642) ular arablar tomoniga oʻtib ketgan va Basrada qoʻnim topib, shu yerda davlatdan maosh olgan. Qolaversa, ularning islomni qabul qilganliklari va Iroq janubidagi Banu Tamim qabilasi bilan ittifoq tuzganliklari haqida ham xabarlar bor[1][2]. Biroq ularning islomni qabul qilgani haqidagi maʼlumot shubhali deb hisoblaniladi, chunki oradan 15 yil oʻtib ham ular orasida hanuz zardushtiylik diniga oid ismli shaxslar, masalan, Mah-Afridhan kabi kishilar uchragan[3].

  1. Bosworth 1987.
  2. „Welcome to Encyclopaedia Iranica“.
  3. Pourshariati 2008.