Asalxoʻrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Asalxo'rlardan yoʻnaltirildi)


Asalxoʻrlar (Meliphagidae) — sayroqi chumchuqsimonlar oilasi, uz. 10 — 35 sm. Tumshugʻi ingichka, bir oz egilgan. Tili yordamida gul nektarini soʻrib oladi. 160 — 170 ga yaqin turi bor, Yangi Gvineya, Avstraliya, Yangi Zelan-diya, Okeaniya va Gavay o.larida, bir turi Janubiy Afrikada tarqalgan. Daraxtlar va butalarda yashaydi. 1 — 4 tadan tuxum qoʻyadi. Juda chiroyli ohangda sayraydi. Gul nektari, changi, hasharotlar va mayda mevalar bilan oziqdanadi. Oʻsimliklarni changlatib foyda keltiradi. 2 turi va 2 kenja turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotning Qizil kitobiga kiritilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil