Asad ibn al-Furot
Asad ibn al-Furot | |
|---|---|
أسد بن الفرات | |
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi |
taxminan 759 Harron |
| Vafoti | taxminan 828 |
| Dini | Islom |
| Ota-onasi |
|
| Era | Islom oltin davri |
| Tanilgan sohasi | Ilohiyotshunoslik, islom huquqi va Sitsiliyani musulmonlar bosib olishi |
| Kasbi | teolog, yurist va harbiy yetakchi |
Asad ibn al-Furot (arabcha: أسد بن الفرات; taxminan 759-yilda tugʻilgan – taxminan 828-yilda vafot etgan) – Ifriqiyada yashagan musulmon huquqshunos va ilohiyot olimi, arablarning Sitsiliyani bosib olishida muhim rol oʻynagan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning oilasi Yuqori Mesopotamiyadagi Harron shahridan boʻlgan, keyinchalik Asad bilan birga Ifriqiyaga hijrat qilgan. Asad Madinada molikiylik mazhabining asoschisi Molik ibn Anasdan, Kufada esa hanafiylik maktabining asoschisi Abu Hanifaning shogirdlaridan biridan taʼlim olgan. Asad diniy huquqqa oid qarashlarini „Asadiyya“ nomli toʻplamda jamlagan boʻlib, bu asar Ifriqiyada katta taʼsirga ega boʻlgan.
Ifriqiyaga qaytgach, Asad Qayravon shahrida qozi etib tayinlangan, ammo oradan koʻp oʻtmay, amir Ziyodatulloh I (817–838) bilan mojaroga borgan. Bunga Asad amirning dabdabali va dindan yiroq hayot tarzini tanqid qilgani sabab boʻlgan. Undan qutulish maqsadida Ziyodatulloh Asadni Sitsiliyaga qarshi yurishga boshliq qilib tayinlagan. 827-yilda Asad arab qoʻshini bilan yurish qilib, Vizantiya qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratganidan soʻng, Siracusa shahrini qamal qilgan. Biroq shaharni zabt etish imkoni boʻlmagan va oradan koʻp oʻtmay, vabo kasalligidan vafot etgan.