Asad ibn Abdulloh
Qiyofa
- Vikipediyada ismi Asad boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Asad ibn Abdulloh — Arab xalifaligining Xurosondagi noibi (724- 727 va 735-738). Xalifa Maʼmun Abdullohning oʻgʻli. Yer egalari (dehqonlar) orasida obroʻsi baland boʻlgan. Somoniylar ajdodi Somonxudot xalifa Maʼmun qoʻlida islomni qabul qilgani sharafiga oʻz oʻgʻlini Asad deb atagan. Asad Ibn Abdulloh A. Tohariston hokimlari va unga ittifoqchi boʻlgan turkiy qabilalar, shuningdek Horis ibn Surayj boshchiligidagi isyonkorlarga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida urushlarda vayron boʻlgan Balxni tiklatib (736), uni oʻziga qarorgoh qilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |