Asad Ismatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asad Ismatov (1907, Andijon -1953.6.9, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artista (1948). 1924—35 y.lar Andijon teatrida, 1936 y.dan "Oʻzbekfilm"da aktyor boʻlib ishlagan. Ayni vaqtda Muqimiy va Hamza nomidagi teatrlarda ham rollar oʻynagan. Andijon teatrida: Ferdinand ("Makr va Muhabbat"), shahar qokimi ("Revizor"), Kalaf ("Malikai Turandot"); Muqimiy teatrida: Hoji ("Nurxon"), Qorabotir ("Tohir va Zuhra"); Hamza teatrida: Husayn Boyqaro ("Alisher Navoiy") kabi obrazlar yaratdi. Birinchi oʻzbek ovozli filmi "Qasam"da I. bosh rol — Azimni oʻynagan. Keyinchalik ekranda yaratgan Umar ("Azamat"), Boboxon ("Tohir va Zuxra"), Jabbor ota ("Fargʻona qizi"), Husayn Boyqaro ("Alisher Navoiy"), Bobo Mehnat ("Paxta-oy") kabi obrazlari ham oʻzbek kino-sining zarvaraqlaridan oʻrin oldi. Ayniqsa, Husayn Boyqaroning foji-aviy qayoti va taqdiri, ichki ziddiyatlarini tomoshabinga nihoyatda chuqur va taʼsirchan yetkaza olgan. I.ning teatr va kinoda namoyon boʻlgan tengsiz isteʼdodi joʻshqin ehtiros, psixologik teranlik, chuqur kechinma va tuy-gʻular ifodasi aktyorning yuksak maho-rati bilan qoʻshilib ketgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil