As-Saʼid Baraka
As-Saʼid Baraka | |
---|---|
al-Malik as-Saʼid Nasriddin | |
Misr sultoni | |
Saltanat | 1277-yil 3-iyul – 1279-yil avgust |
Oʻtmishdoshi | Az-Zohir Baybars al-Bunduqdariy |
Davomchisi | Badriddin Sulomish |
Turmush oʻrtogʻi | Gʻoziya Xotun |
Tugʻilgan paytidagi ismi |
Muhammad Baraka Qon محمد بركة قان |
Qirollik ismi |
al-Malik as-Saʼid Nasriddin Baraka arabcha: الملك السعيد ناصر الدين بركة |
Uy | Zahiriy |
Sulola | Bahriy |
Otasi | az-Zohir Baybars al-Bunduqdariy |
Dini | Islom |
As-Saʼid Baraka (1260 – 1280; tugʻilgan paytidagi ismi: Muhammad Baraka Qon (arabcha: محمد بركة قان), qirollik ismi: al-Malik as-Saʼid Nasriddin Baraka (الملك السعيد ناصر الدين بركة) – Baybars vafotidan keyin 1277–1279-yillarda hukmronlik qilgan turk Sultoni. Uning onasi sobiq Xorazmshoh amiri Barka Xonning qizi edi[1].
Baraka Misr poytaxti Qohirada tugʻilgan. Taxtga oʻtirib, otasining maʼmuriyatidagi amirlar nufuzini cheklashga darhol kirishdi. Ulardan biri, otasining noibi, shubhali sharoitda vafot etdi. Boshqalari esa qamoqqa olinib, keyinchalik ozod etildi. Ularning oʻrniga Baraka oʻz mamluklarini yuqori lavozimlarga koʻtardi. Shuningdek, u eng qudratli amirlardan boʻlgan Qolavun va Baysarini Kilikiya Armanistoni va Qalʼat ar-Rumga 1279-yilda hujum qilish uchun yubordi. Bu ularni band qilib, hokimiyat markazidan uzoqlashtirish uchun qilingan edi. Har bir amirga 10 ming askar berildi. Barakaning rejasi ularni qaytishda hibsga olish edi, biroq boshqa amir Kuvenduk ularni bu rejadan ogoh qildi. Ular qaytgach, Baraka taxtdan voz kechishga majbur boʻldi. Yetti yoshli ukasi Sulomish uning oʻrniga taxtga oʻtirdi, Qolavunning vasiyligida, u amalda sultonga aylandi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning yagona xotini Sulton Qolavunning qizi boʻlmish Gʻoziya Xotun boʻlgan. 1276-yil 28-mayda unga besh ming dinor mahr bilan unashtirilgan. Nikoh marosimi 1277-yil 8-iyunda boʻlib oʻtgan[2]. Gʻoziya 1288-yil avgustida vafot etgan[2].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iordaniyadagi El Karak qal’asiga surgun qilingan As-Saʼid Baraka 1280-yilda oʻsha yerda vafot etdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Burgoyne, Michael Hamilton. Mamluk Jerusalem. British School of Archaeology in Jerusalem by the World of Islam Festival Trust, 1987 — 110-bet. ISBN 090503533X.
- ↑ 2,0 2,1 Northrup, Linda. From Slave to Sultan: The Career of al-Mansur Qaldwun and the Consolidation of Mamluk Rule in Egypt and Syria (678-689 A.H./1279-1290 A.D.), Stuttgart, 1998 — 75, 142-bet. ISBN 3-515-06861-9.
- Reuven Amitai-Preiss (1995), Mongols and Mamluks: The Mamluk-Īlkhānid War, 1260-1281, pp. 179–225. Cambridge University Press, ISBN 0-521-46226-6.