Arzami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arzami — xalq seleksiyasida yara-tilgan ertapisharoʻrik navi. Oʻrta Osiyo oʻrik navlarining Zarafshon guruhiga kiradi. Daraxti kuchli oʻsadi, keng shox-shabbali; bargi oʻrtacha, toʻq yashil, siyrak tukli. Guli oq, chetdan changlanadi. Me-vasi yirik, dumaloq, yon tomoni chokli, och sariq, quyoshga qaragan tomoni qizgʻish, ogʻirligi 44 — 55 g, eti sershira (11 — 13% qand, 0,8% kislota), muloyim, eti danagidan yaxshi ajraladi, magʻzi shirin. Nam yetarli maydonlarda yaxshi hosil beradi, qisman shoʻrlangan yerlarda ham oʻsadi. Klyasterosporioz kasalligiga chidamli. Koʻchati eqilgandan keyin 5 — 6-yili hosilga kiradi, 8-yildan moʻl hosil beradi (20 — 25 s/ga). Martning oxirida gullaydi. Mevasi iyunning oʻrtalarida pishadi. Mevasi hoʻlligicha isteʼmol etiladi, turshak va konserva qilinadi. Oʻzbekistonning adir va togʻ oldi zonalarida ekiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil