Aryavarta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Aryavarta ("oriylar mamlaka-ti") – Shimoliy Hindistonning markaziy qismining qadimgi hindlar tomonidan ata-lishi. Qadimgi hindlarning tasavvuricha, A. mamlakatida Hindistonning boshqa xalqlariga qaraganda "olijanob" ki-shilar yashagan. Bunday qarashlar bejiz boʻlmagan, albatta, chunki Hindistonning aynan mana shu qismi qadimgi hind tamadduni (sivilizatsiyasi)ning oʻchogʻi, Mauriyalar davlati joylashgan oʻlka boʻlgan. Bu yerda brahmanizm, buddizm va jaynizm kabi dinlar shakllangan, unda yashagan xalqlarning adabiy tillari – sanskrit va pali – butun Hindistonning adabiy tiliga aylangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil