Kontent qismiga oʻtish

Artyom Odintsov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Artyom Odintsov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Artyom Yuriyovich Odyntsov
Tavallud sanasi 2000-yil 9-noyabr (2000-11-09) (25 yosh)
Tavallud joyi Xartsizk, Ukraina
Boʻyi 1.95 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Zimbru Chisinau
Raqami TBD
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2013–2014 KhAF Trubnyk Khartsyzk
2014–2017 Azovstal Mariupol
2017–2018 Munkach Mukachevo
2018–2019 Kisvárda
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2023 Kisvárda II 67 (0)
2021—2023 Kisvárda 10 (0)
2023—2025 Diósgyőr 39 (0)
2023 Diósgyőr II 4 (0)
2025 Andijon 0 (0)
2026 Zimbru Chisinau 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 19-iyun uchun)

Artem Yuriyovich Odinsov (ukraincha: Артем Юрійович Одинцов; 2000-yil 9-noyabrda tugʻilgan) – ukrainalik professional futbolchi, Ruminiya vakili, Zimbru Chisinau klubida darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Artyom 2019-yilda „Kisvárda“ klubi bilan shartnoma imzolagan va yoshlar jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. Dasltabki mavsumda 19 yoshgacha boʻlgan jamoasida toʻp tepgan. 2020-yil 19-sentyabrda Vengriya kubogi doirasida Kecskéd KSKga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda ilk bor maydonga tushgan[1]. 2021-yil 9-mayda Vengriya oliy ligasidagi debyutini Paks jamoasiga qarshi 82-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan[2][3]. „Kisvárda“ klubining birinchi jamoasi tarkibida jami 10 ta oʻyin oʻtkazib, shundan 6 tasida darvozasini quruq saqlagan. 2021-2022-yilgi mavsum yakunida „Kisvárda“ tarixida birinchi marta xalqaro turnirga yoʻllanma qoʻlga kiritgan. Odintsov Yevropa Konferentsiya ligasi saralash bosqichida „Qayrat“ (Olmaota) va „Molde“ klublariga qarshi barcha toʻrtta oʻyinda „Kisvárda“ darvozasini himoya qilgan[4][5][6][7].

2023-yil 16-iyunda u „Diósgyőr“ bilan shartnoma imzolagan[8]. 2023-yil 1-oktyabrda Vengriya oliy ligasida „Kecskemét“ klubiga qarshi oʻyinda „Diósgyőr“ safida rasmiy debyutini oʻtkazgan[9].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odintsov bergan intervyularning birida vengriyalik rafiqasi va Maksim ismli farzandi borligi haqida maʼlum qilgan. Hozircha u faqat Ukraina fuqaroligiga ega, biroq futbolchi yaqin kelajakda Vengriya fuqaroligini olishni rejalashtirmoqda[10].

  1. „Mol Magyar Kupa, a legjobb 64 közé jutásért: Wati-Kecskéd KSK–Kisvárda Master Good (0–10) gólösszefoglaló – 2020. 09. 19.“ (hu). kisvardafc.hu. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  2. „Klubrekordot érő győzelemmel zárt a Kisvárda a Paks ellen“ (hu). nemzetisport.hu. Qaraldi: 2021-yil 9-may.
  3. „Kisvárda Master Good 5-1 Paksi FC“ (hu). nemzetisport.hu. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-may.
  4. „Megnyerte története első nemzetközi kupameccsét a Kisvárda“ (hu). rangado.24.hu. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  5. „Európa-konferencialiga, selejtező, 2. forduló, visszavágó: Kisvárda Master Good–FC Kajrat Almati (kazah) (1–0) összefoglaló – 2022. 07. 28.“ (hu). kisvardafc.hu. Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.
  6. „Molde-Kisvárda“ (en). UEFA. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  7. „Kisvárda-Molde“ (en). UEFA. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  8. „Artem Odyntsov a DVTK játékosa“ (hu). dvtk.eu. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  9. „Ötödször nyert két góllal, harmadszor 3-1-re a DVTK“ (hu). dvtk.eu. Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
  10. „A KISVÁRDÁTÓL TÁVOZÓ KAPUS A DVTK-BAN FOLYTATJA KARRIERJÉT“ (hu). nb1.hu. 2024-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.