Vikipediya, erkin ensiklopediya
Artikulyasiyaning koʻrinishlari: stakkato , stakkatissimo , martellato , marcato , tenuto
Artikulyasiyaning koʻrinishlari: legato , portato , stakkato , stakkatissimo
Artikulyasiya (nemischa : „articulatio“ ; lotincha : „articulo“ – mayda boʻlalarga boʻlaman) – asarni sozda yoki ovoz bilan ijro etish usuli[ 1] [ 2] .
Artikulyasiyaning asosiy turlari quyidagicha:
Legato – tovushlarning oʻzaro bogʻlanishi;
Stakkato – tovushlarni uzib-uzib sadolash;
Portamento;
Glissando;
Legatissimo;
Non legato;
Stakkatissimo;
Markato;
Martelato;
Pitssikato;
Portato;
Fermata.
Artikulyasiya ijrochining harakatlari (cholgʻuni ushlashi, qoʻli, butun vujudi va yelkalarining harakati, barmoq bosishi va boʻshatishi)ga bogʻliq. Artikulyasiyani toʻgʻri qoʻllanishi ijroning yuksak badiiy va taʼsirchan boʻlishida katta ahamiyatga kasb etadi[ 3] .
↑ I. A. Akbarov. Музика луғати . Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
↑ I. A. Akbarov. Мусиқа луғати . Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2 .
↑ "Artikulyasiya (musiqa)" OʻzME . A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil