Artezian qudugʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Artezian qudug‘i – artezian suvlari chiqadigan burg‘i qudug‘i. Yer osti suvlaridan xalq xo‘jaligida foy-dalanish maqsadlarida qaziladi. Artezian qudugʻi artezian suvli qatlamning joylashish chuqurligiga qarab ayrim hollarda 3000 – 5000 m ga yetishi mumkin. Ichimlik suv olish, yaylovlarni suv bilan ta’minlash, yerlarni sugorishda asosan 500 – 1000 m gacha chuqurlikdagi suvlar o‘zlashtirilgan. Chuqur Artezian qudugʻi mineral, termal yoki sanoatda xom ashyo sifatida ishlatiladigan arte-zian suvlarini chiqarish uchun quriladi. Artezian qudugʻidan suv sarfiga qarab turli usullarda chiqariladi; yo o‘zi otilib chiqadi yoki ATN, NA, VP, ETSV va shahrik. markali turli artezian nasoslaridan foyda-laniladi. Artezian qudugʻining asosiy elementlari: maxsus shurfga sement qorishmasi bilan mustahkam o‘rnatilgan konduktor-yo‘naltiruvchi quvur; suv to‘plovchi quvurlar; tindirgich. Artezian qudugʻi og‘zida suv sathini aniqlaydigan va tarkibini tekshirish uchun namuna oladigan, suv sarfini o‘lchaydigan va tartibga soladi-gan moslamalar o‘rnatiladi. Sugorishda foydalaniladigan Artezian qudugʻining suv berishi 50, ba’zan esa 100 l/s gacha yetadi. O‘rta 650Osiyoda 25 mingdan ortiq Artezian qudugʻi qazilgan. Uning 5000 ga yaqinidan suv o‘zi otilib chiqadi. O‘zbekistonda 10046 artezian va drenaj quduqlari bor (1999).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil