Arslonshoh Gʻaznaviy
| Arslonshoh | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Sulton ud-Davla | |||||
| Gʻaznaviylar davlati sultoni | |||||
| Saltanat | 1116-yil fevral — 1117-yil 25-fevral | ||||
| Oʻtmishdoshi | Sherzod | ||||
| Davomchisi | Bahromshoh | ||||
| Tugʻilishi |
tax. 1092 Gʻaznaviylar davlati | ||||
| Vafoti |
tax. 1119 (27 yoshda) Gʻaznaviylar davlati | ||||
| |||||
| Sulola | Gʻaznaviylar | ||||
| Otasi | Masʼud Gʻaznaviy | ||||
| Onasi | Gavhar Xotun[2] | ||||
| Dini | Islom (Sunniylik) | ||||
Arslonshoh Gʻaznaviy (toʻliq ismi: Sulton ud-Davla Abulmuluk Arslonshoh ibn Masʼud; tax. 1092-yilda tugʻilgan — 1119-yilda vafot etgan[3][4]) — 1116—1117-yillarda Gʻaznaviylar davlati hukmdori.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1116-yilda Arslonshoh akasi Sherzodni hokimiyatdan agʻdarib, Gʻaznaviylar taxtini egalladi hamda Bahromdan tashqari (Zamindavarda edi) qolgan barcha ukalarining koʻzini koʻr qildirdi yoki qamoqqa tashladi[5]. Shuningdek, Abulfath Yusufni oʻz vaziri etib tayinladi. Bahrom dastlab Tiginobodda Arslonshohdan magʻlub boʻlgach, Saljuqiylar sultoni Sanjarga murojaat qildi. Sanjarning singlisi Gavhar Xotun Arslon ibn Mas’udning oʻz ukalariga nisbatan muomalasidan qattiq ranjigan edi[6]. Gavhar Xotunning taʼsiri va ehtimol oʻzining siyosiy manfaatlari sababli Sanjar Arslonshohdan ukalarini ozod etishni talab qildi, ammo rad javobini olgach, 30 000 otliq va 50 000 piyoda askardan iborat qoʻshin bilan yurish boshladi[7].
Arslonshoh qattiq qarshilik bilan kechgan jangdan soʻng magʻlubiyatga uchrab, Gʻaznaga qochdi. Gʻazna tashqarisidagi tekislikda yana qatʼiy magʻlubiyatga uchrab, Hindistonga qochdi[8]. Hindistonda Bu Halim Shayboniylar oilasi qoʻlloviga erishdi[9]. Gʻazna esa 40 kun davomida talon-toroj qilinib, yakunda Bahrom Sanjarning vassali sifatida taxtga oʻtqazildi. Biroq Sanjar qoʻshinini olib ketishi bilanoq, Arslonshoh yana qaytib kelib, Gʻaznada qolgan Bahrom ibn Mas’udni quvib chiqardi. Bu harakat Sanjarni yana yurish boshlashga majbur qildi[10]. Bu kurash Arslonshoh uchun soʻnggisi boʻldi. Arslonshoh afgʻonlar orasidan boshpana izlashga majbur boʻldi. Biroq Sanjarning odamlari quvib yetib, Arslonshohni oʻldirdi. Natijada, Bahrom ibn Mas’ud Arslonshoh atigi 2 yil egallab turgan taxtni bemalol egallashga muvaffaq boʻldi[11].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ARSLĀNŠĀH“ Encyclopædia Iranica
- ↑ C. E. Bosworth, The Later Ghaznavids, (Columbia University Press, 1977), 90.
- ↑ al-Athīr, I.D.I.; Richards, D.S.. The Chronicle of Ibn Al-Athīr for the Crusading Period from Al-Kāmil Fīʼl-taʼrīkh, Crusade texts in translation. Ashgate, 2006 — 170-bet. ISBN 978-0-7546-4077-6.
- ↑ Clifford Edmund Bosworth, The Later Ghaznavids: Splendour and Decay, The Dynasty in Afghanistan and Northern India 1040–1186, (Columbia University Press, 1977), 95-98. ISBN 0-231-04428-3
- ↑ Clifford Edmund Bosworth, The Later Ghaznavids: Splendour and Decay, The Dynasty in Afghanistan and Northern India 1040–1186, 91.
- ↑ The history of India, Volume 1 The History of India, Mountstuart Elphinstone Author Mountstuart Elphinstone Publisher J. Murray, 1841
- ↑ Tarikh-i-Ferishta or history of the rise of the Mahomedan power in India till the 1612 by Mahomed Kasim Ferishta; Translated by John Briggs; Published 1831
- ↑ C. E. Bosworth, The Later Ghaznavids, 96.
- ↑ Bu Ḥalim Šaybani family, C. E. Bosworth, Encyclopaedia Iranica, (December 15, 1989).[]
- ↑ C. E. Bosworth, The Later Ghaznavids, 97-98.
- ↑ Mountstuart Elphinstone, The History of India, Vol. 1, Publisher J. Murray, 1841
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bosworth, C. Edmund (2002). "GOWHAR ḴĀTUN". Encyclopaedia Iranica, Vol. XI, Fasc. 2. London et al.: C. Edmund Bosworth. 179 b. http://www.iranicaonline.org/articles/gowhar-katun-.
- Bosworth, C. E (1995). "The Later Ghaznavids: Splendour and Decay: The Dynasty in Afghanistan and Northern India 1040-1186". ISBN 9788121505772. https://books.google.com/books?id=YhHVPQAACAAJ&q=The+Later+Ghaznavids.<!--->
- Bosworth, C. Edmund (2001). "GHAZNAVIDS". Encyclopaedia Iranica, Vol. X, Fasc. 6. London et al.. 578–583 b. http://www.iranicaonline.org/articles/ghaznavids.