Arshi aʼlo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Arshi a’lodan yoʻnaltirildi)

Arshi aʼlo (arab, arsh — taxt, aʼlo — buyuk) — buyuk taxt. Islom aqidasiga koʻra, Arsh Yer, osmonlar, yul-duzlar va Kursiydan ham katta hajmdagi mavjudot. Alloh yaratgan barcha narsadan u buyuk va kattadir. Qur’oni Karim oyatlarida Arshi aʼlo toʻgʻrisida 23 joyda bayon etiladi. Mas. „Hud“ surasining 7-oyati-da: „Alloh shunday (buyuk va qudratli) zotdurkim, Yeru osmonlarni olti kunda yaratdi, holbuki Uning Arshi suv ustida edi“, deyiladi. Islom taʼlimoti boʻyicha Arsh va boshqa buyuk mavjudotlarni yaratishdan Allohning maqsadi ulardan Oʻzi yoki boshqalar foydalanishi yoxud ularga ehtiyoji borligi uchun emas, balki Oʻzining qudrat va imkoniyati na qadar cheksiz ekanligini namoyon etish-dir. Baʼzi notoʻgʻri aqida egalari, Arsh Allohning taxti, unda makon tutib oʻtiradi, deb xatoga ketadilar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil