Arshi aʻlo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Arshi aʻlo (arab. taxt) - buyuk taxt. Aqoid ilmi ulamolari fikri, oyat hamda hadislarga koʻra, Arsh oyoqlari bor taxt boʻlib, uni farishtalar koʻtarib turadi. U xuddi olam ustidagi kubbaga oʻxshash. U maxluqotlarning shiftidir. Alloh taoloning A.ga ehtiyoji yoʻq, balki uni Oʻzi bilgan hikmat uchun yaratgandir. Arsh faylasuflar aytganidek falak emasdir. Ular Arshni toʻqqizinchi falak yoki atlas falaki deyishgan. Arablar Arshni hech qachon bu maʻnoda ishlatmaydilar. Alloh taolo Arshga barobar boʻlib, uning ustida turgani unga muhtojligidan emas. Alloh bundan oliy va ulugʻdir. U oʻz qudrati ila oʻzidan pastdagi Arshni, uni koʻtarib turuvchilarni va undagi narsalarni koʻtarib turuvchidir. Shuningdek, Alloh Arshni va undagi narsalarni ihota qiluvchidir. Arsh Allohning qudrati ostida chegaralangan va Unga muhtojdir. Qurʻoni Karim oyatlarida Arsh toʻgʻrisida 23 joyda bayon etilgan.