Arrakashlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arrakashlar — oʻtroq qorinli pardaqanotlilar kenja turkumi bir necha oilalarining umumiy nomi. Urgʻochisi arraga oʻxshash tuxum qoʻygichi yordamida oʻsimlik bargi, poyasi va organlariga tuxum qoʻyadi. Lichinkalarining tuzilishi va hayot kechirish xususiyati turli oilalarda bir xil emas. Haqiqiy A. (Jenthredinidae) lichinkasining 3 juft koʻkrakoyoqlari bilan birga bir juft soxta qorinoyoqlari ham boʻladi, boshqa A. lichinkasining qorinoyoqlari rivojlan-magan, koʻkrakoyoqlari kuchsiz rivojlan-gan. Lichinkasi oʻsimliklar ustida ochiq hayot kechiradi (Jenthredinidae oilasi) yoki oʻrgimchak turiga oʻxshash barglarni oʻrab oladigan toʻri ichida yashaydi (tur toʻquvchi A. — Pamphiliidae). Shoxdor dumli (Siricidae) va poya A. (Cephidae) po-yada yashirin hayot kechiradi. Lichinkasi tuproqqa tushib gʻumbakka aylanadi. Vo-yaga yetgan A. gul nek-tari bilan oziqlanadi, lichinkasi oʻsimliklarga katta ziyon kel-tiradi. A.da partenogenez koʻpayish keng tarqalgan, bir yilda 4 tagacha partenoge-nez boʻgʻini rivojlanadi. Oʻzbekistonda qulupnay A. (Allanthus cinctus) qulupnay, atirgul va mevali daraxtlarga; otquloq A. (Ametastogia glabrata) oʻtchil oʻsimliklarga; olcha A. (Caliroa cerasi) mevali daraxtlarga; don A. (Cephus pygmaeus) bugʻdoy, arpa va boshqa donli ekinlarga ziyon keltiradi. Ku-rash choralari yerga toʻqilgan oʻsimlik qoldiqlarini yigʻib olib yoʻqotish, yerni chuqur haydash va chopiq qilishdan iborat.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil