Arqadagʻ stadioni
| Manzili | Arqadagʻ, Turkmaniston |
|---|---|
| Koordinatalari | 38°03′36″N 58°04′52″E / 38.0601°N 58.0810°E |
| Sigʻimi | 10,000[1] |
| Chim turi | Tabiiy chim |
| Tablo | Yes |
| Ochilgan | 2023-yil 1-iyul |
| Ijarachilar | |
| FK Arkadag (2023–hozirgacha) | |
Arqadagʻ stadioni (turkmancha: Arkadag Stadiony) – Turkmanistonning Arqadagʻ shahrida joylashgan koʻplar sport turlariga ixtisoslashgan sport majmuasi. Stadion asosan Arqadagʻ futbol jamoasining uy maydoni sifatida xizmat qiladi. Stadion 10 000 nafar tomoshabinni sigʻdira oladi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arqadagʻ stadioni 2019-yil dekabridan 2023-yil fevraligacha qurilgan[2].
Stadion Arqadagʻ shahrining, Mahtumquli Firogʻiy koʻchasi 30-uyida joylashgan[3]. Sport majmuasida shuningdek, ogʻir atletika, stol tennisi, boks, kamondan otish, yengil atletika va futbol kabi turli sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar va musobaqalar oʻtkazish uchun qulay sharoitlar yaratilgan[3].
2023-yil 1-iyulda yangi qurilgan stadionda ilk futbol oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy „Arqadagʻ“ jamoasi Turkmanistonning amaldagi chempioni „Ahal“ klubini 3:0 hisobida magʻlub etgan[4]. 10 000 nafar tomoshabin ishtirokida oʻtgan bu uchrashuv „Arqadagʻ“ jamoasi uchun yangi davrni boshlab bergan. Gollarni Begmirat Bayov, Shanazar Tirkishov va Orazberdi Miradov kiritdilar[4]. „Arqadagʻ“ stadioni 2023-yilgi Turkmaniston kubogi finaliga mezbonlik qilgan[5].
2025-yil 12-mart kuni „Arqadagʻ“ stadionida tarixiy voqea sodir boʻldi: bu stadion ilk bor xalqaro rasmiy futbol oʻyiniga mezbonlik qilgan. AFC Chaqiruv Ligasi chorak finalining ikkinchi bosqichida „Arqadagʻ“ futbol klubi va Hindistonning „East Bengal“ jamoasi oʻrtasidagi uchrashuv (2:1)[6] stadion va shaharning xalqaro futbol maydonidagi debyuti boʻlgan[7].
Umumiy maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Majmuaning umumiy maydoni 16,98 gektarni tashkil etadi, bunda maʼmuriy bino 36,66 kvadrat metr joyni egallaydi. Stadion inshootining balandligi 22,10 metr boʻlib, yertoʻla qavati bilan birga ikki qavatdan iborat. 10 ming tomoshabinga moʻljallangan stadion oʻzaro bogʻlangan yettita blokdan tashkil topgan. Asosiy futbol maydonining maydoni 7844 kvadrat metrni, sport maydonlarining umumiy maydoni esa 1057,12 kvadrat metrni tashkil etadi[8].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Arkadag şäheriniň 10 000 orunlyk stadiony | Türkmenistanyň Bedenterbiýe we sport baradaky döwlet komiteti“. sportcom.gov.tm.
- ↑ Stadium
- ↑ 3,0 3,1 „Стадион города Аркадаг на 10 000 мест“. sportcom.gov.tm.
- ↑ 4,0 4,1 „В новом городе Аркадаг состоялся первый футбольный матч“. turkmenistan.gov.tm (2023-yil 1-iyul).
- ↑ [1]
- ↑ Match
- ↑ rt359504.03.2025
- ↑ Stadium
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Arqadagʻ stadioni Arqadagʻ shahar veb-saytida