Armen Bagdasarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Armen Yurevich Bagdasarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 31-iyul 1972-yil (1972-07-31) (51 yosh)
Kirovobod, Ozarbayjon SSR
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Medallar
Mehnat shuhrati ordeni
Sport mukofotlari
Olimpiya oʻyinlari
Kumush Atlanta 1996 86kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Kumush Bangkok 1998 100kg gacha
Osiyo chempionati
Bronza Deli 1995 86kg gacha
Oltin Xo Shi Min 1996 86kg gacha
Oltin Venchjou 1999 90kg gacha
Bronza Osaka 2000 100kg gacha
Universiada
Kumush Palma de Malorka 1999 90kg gacha

Armen Yurevich Bagdasarov (1972-yil 31-iyulda Ozarbayjon SSR, Kirovobod shahrida tugʻilgan) — taniqli oʻzbek dzyudochisi va dzyudo boʻyicha murabbiy. 2005-2016-yillarda Oʻzbekiston dzyudo federasiyasi prezidenti. Armen Bagdasarovning afsonaviy xizmati shundaki, u mustaqil Oʻzbekiston tarixida mamlakatga yozgi Olimpiya oʻyinlari medalini qoʻlga kiritgan birinchi sportchi hisoblanadi.[1] 2007-2021-yillarda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) sport direktori, 2021-yilda Xalqaro dzyudo federasiyasi Referi direktori,  2017-yilda esa 8 dan (DAN) bilan taqdirlangan.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-1992-yillarda Yoshlar oʻrtasida SSSR chempionati birinchi gʻolibi. 1992-yilda 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati birinchi bronza medali sovrindori boʻlgan. 1993-2001-yillarda Armen Bagdasarov dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Uning sport faoliyatidagi choʻqqisi 1996-yilga toʻgʻri kelib,  Osiyo chempioni boʻlgan va Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritgan. Bagdasarov 1998-yilda ham Osiyo oʻyinlarining kumush medali sohibi boʻldi, 1999-yilda esa yana Osiyo chempionatida qoʻli baland kelib, Oʻzbekiston mustaqilligining oʻn yilligi bilan markalar seriyasi chiqarildi, ulardan biri Armen Bagdasarovning sport yutuqlariga bagʻishlangan[2].

Bagdasarov Armen Yuriyevichning murabbiylari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy Pyatayev Vladimir Evgeniyevich va Morduxayev Isaak Ilichlar edi.

2001-yilda Armen Bagdasarov sportdagi faoliyatini yakunlab, dastlab dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, 2005-yilda esa ushbu sport turining milliy federasiyasini boshqargan[3]. Shu bilan bir qatorda sportning jangovar turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati direktori ham sanaladi[4]. 2007-yilda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) sport direktori etib saylanadi. 2021-yilda Xalqaro dzyudo federasiyasi (IJF) hakami direktori lavozimiga tayinlanadi.

Mukofot va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Указ Президента Республики Узбекистан от 16 avgust 1996 года № УП-1506 «О награждении группы спортсменов и спортивных тренеров республики
  2. „Олимпийская филателия. 10-летие независимости Узбекистана“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 23-fevral.
  3. „Федерация дзюдо Узбекистана“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-avgust.
  4. „Спортивные учреждения Узбекистана“. 2011-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 27-avgust.
  5. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер
  6. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2006 года № УП-3790 «О награждении в связи с пятнадцатилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]