Armaturalangan oyna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Armaturalangan oyna — ichiga metall toʻr (armatura) qoʻyilib tay-yorlanadigan listli silikat oyna. Bino va inshootlarning yorugʻlik tushadigan teshiklari hamda ustki yopmalariga qoplashda, yorugʻlik oʻtkazuvchi parde-vorlar, zinalarni, lift shaxtalarini toʻsish va boshqalarda ishlatiladi. Armaturalangan oyna uzluksiz prokatlab tayyorlanadi. Zarb yoki yuqori temperatura taʼsirida maydalanib sochilmaydi. Armatura toʻri diametri 0,35 — 0,45 mm li simdan payvandlab yasaladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil