Arkadiy Dvorkovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Dvorkovich Arkadiy Vladimirovich
ruscha: Дворкович Аркадий Владимирович
Arkady Dvorkovich (2015-09-30).jpg
FIDE prezidenti
Mansab davri
3-oktabr 2018-yil — hozirgacha
Oʻtmishdoshi Kirsan Illyumjinov
Rosselxozbank kuzatuvchilar kengashi raisi
Flag of Russia.svg
 
Mansab davri
1-sentabr 2017-yil — 
Oʻtmishdoshi Aleksandr Tkachyov
Russian Railways Logo.svg
 «RJD» OAJ direktorlar kengashi raisi
Flag of Russia.svg
 
Mansab davri
22-iyun 2015-yil — 30-iyun 2018-yil
Oʻtmishdoshi Kirill Androsov
Vorisi Maksim Akimov
Government.ru logo.svg
 RF hukumat raisi oʻrinbosari
Flag of Russia.svg
 
Mansab davri
21-may 2012-yil — 18-may 2018-yil
Hukumat boshligʻi Dmitriy Medvedev
Prezident Vladimir Putin
Oʻtmishdoshi Igor Sechin
Vorisi Aleksey Gordeyev
Coat of Arms of the Russian Federation.svg
 RF prezidenti yordamchisi
Flag of Russia.svg
 
Mansab davri
13-may 2008-yil — 21-may 2012-yil
Prezident Dmitriy Medvedev
Vladimir Putin
Vorisi Kostantin Chuychenko
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 26-mart 1972-yil (1972-03-26) (50 yosh)
Moskva, SSSR
Fuqaroligi Sovet IttifoqiRossiya
Millati rus
Siyosiy partiyasi Partiyasiz
Turmush oʻrtogʻi Zumrud Rustamova
Onasi Galina Dvorkovich
Otasi Vladimir Dvorkovich
Taʼlim MDU, RIM, Dyuk Universiteti
Mukofotlari ITA OMRI 2001 GUff BAR.svgOrden for Service II.png
Orden for Service IV.pngOrden of Honour.pngMedal for Service II.png1000 anniversary of Kazan rib.pngBLR Order of Friendship of Peoples ribbon.svg

Dvorkovich Arkadiy Vladimirovich (1972-yil 26-martda Moskvada tugʻilgan) — rossiyalik davlat arbobi va iqtisodchisi. Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti[1] (2018-yil 3-oktyabrdan). „Rosselxozbank“ OAJ Kuzatuv kengashi raisi (2017-yil 1-sentyabrdan).

Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining oʻrinbosari (2012-yil 21-maydan 2018-yil 18-maygacha), Rossiya temir yoʻllari («RJD» OAJ) direktorlar kengashi raisi (2015–2018), Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi (2008-yil 13-maydan 2012-yil 21-maygacha) boʻlib ishlagan.

Dvorkovich 2018-yilda Rossiya hukumati bosh vaziri oʻrinbosari lavozimidan isteʼfoga chiqqanidan soʻng, bir qator shov-shuvli voqealarning bosh figurantiga aylandi va matbuotda u haqda keng muhokamalar qilindi.«Скандалы» boʻlimiga oʻtish

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1972-yil 26-martda Moskvada xalqaro shaxmat hakami Vladimir Yakovlevich Dvorkovich (1937–2005) va Galina Lvovna Dvorkovich oilasida tugʻilgan[2].

Moskva shahridagi matematika va amaliy matematika yo‘nalishini chuqurlashtirib oʻrgatuvchi 444-sonli o‘rta maktabni tugatgan. MDUning Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. M. V. Lomonosov nomidagi MDUning Iqtisodiy kibernetika fakultetini (1994) va shu bilan bir vaqtda Rossiya Iqtisodiyot maktabini iqtisod magistri sifatida tamomlagan (1994). Dyuk universitetining (Shimoliy Karolina, AQSh) iqtisod magistri darajasiga ega (1997)[3]. U Moskva davlat universitetida boʻlajak tadbirkor Ziyovuddin Magomedov [4] bilan birga oʻqigan va u bilan ASU yotoqxonasida bir xonada yashagan.

Ekspertlik ishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yildan boshlab Rossiya Moliya vazirligining Makroiqtisodiy siyosat departamenti bilan bogʻliq bir qator odamlarni birlashtirgan «Iqtisodiy ekspertlar guruhi» YoAJning maslahatchisi, katta eksperti, bosh direktori, ilmiy direktori boʻlib ishlagan[5]. Byudjet daromadlarini prognozlash bilan shugʻullangan, XVF bilan muzokaralarda ishtirok etgan.

2000-yildan boshlab German Gref qoʻl ostida „Strategik Tadqiqotlar Markazi“ (STM) eksperti boʻlib ishlab, u yerda byudjet va soliq siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etgan. 2000-yil mart oyida u Yegor Gaydar va Yevgeniy Yasin tomonidan „Liberal Missiya“ jamgʻarmasi tomonidan tayyorlangan „XXI asrning birinchi oʻn yilligida Rossiyaning iqtisodiy strategiyasi“ning[6] (Yevgeniy Yasin, Sergey Aleksashenko va Yevgeniy Gavrilenkov bilan birgalikda) hammuallifi boʻldi[7]. Ushbu ishning ayrim qoidalari Strategik tadqiqotlar markazida tayyorlangan hukumat dasturiga oʻtkazildi. „Kommersant“ gazetasining yozishicha, Dvorkovich ishtirok etgan ushbu dastur Aleksey Ulyukaev, Sergey Sinelnikov, Mixail Dmitriev, Oleg Vyugin, Mixail Krasnov [8] tomonidan „qatʼiy maxfiylik“ asosida tayyorlangan. XVJ rasmiylari „Chikago maktabi“ uslubida yozilgan ushbu dasturni XVJ rahbarlari kuzatib borishgan[8]. Dvorkovich dasturning soliqqa oid qismi uchun mas’ul edi[8].

Davlat xizmati[tahrir | manbasini tahrirlash]

«G20» sammiti. Dmitriy Medvedev va uning yordamchisi Arkadiy Dvorkovich. 25-sentabr, 2009-yil. Pitsburg

2000-yil avgustdan boshlab Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri German Grefning maslahatchisi boʻlib ishladi. 2001-yil 26-martda kuni hukumat rahbari Mixail Kasyanovning buyrugʻi bilan Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. U shu kuni 29 yoshga toʻlgan edi. U 13 foizlik daromad soligʻi miqdoridagi tekis shkalasini joriy etish bilan soliq islohotlarni ishlab chiqqanlardan biri edi[9].

2004-yil apreldan boshlab Rossiya Prezidentining Ekspertlar boʻlimi boshligʻi, 2004-yil 2-sentyabrdan esa „Uy-joy ipoteka krediti agentligi“ OAJ Kuzatuv kengashi raisi etib tayinlandi.

2008-yil 13-maydan — Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevning yordamchisi, 19-maydan boshlab Rossiya Prezidentining bir guruh yetakchi sanoat davlatlari ishlari va Katta Sakkizlikka aʼzo boʻlgan mamlakatlar (G8) vakillari bilan aloqalar boʻyicha vakili etib tayinlandi.

2009-yil 31-dekabrda Prezident Medvedevning buyrugʻi bilan tadqiqot va ishlanmalarni rivojlantirish va ularning natijalarini tijoratlashtirish uchun hududiy jihatdan alohida kompleks yaratish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhi tarkibiga kiritildi.

2010-yildan Dvorkovich Skolkovo jamgʻarmasi vasiylik kengashi aʼzosi hisoblanadi[10].

2011-yil sentabr oyida Putinning prezidentlik saylovlarida qatnashish qarori haqida oʻzining twitterida salbiy tvit yozdi[11][12]. 2010-yilda Dvorkovich, BBCga bergan interyusida U Medvedev „ikkinchi muddatga qolishni istayotgani“ haqida fikr bildiradi[11][13]. Rossiya iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va texnologik rivojlantirish komissiyasining kotibi ham boʻlgan.

2012-yil 21-mayda Dvorkovich Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi (yoqilgʻi-energetika kompleksini boshqargan). 4-iyuldan esa oziq-ovqat bozorlari monitoringi bo‘yicha hukumat komissiyasi raisi etib tayinlandi[14].

2015-yil 22-iyunda Dvorkovich „Rossiya temir yoʻllari“ direktorlar kengashi raisi etib tayinlanadi. 2018-yil iyun oyida Rossiya hukumatidagi lavozimidan boʻshatilganligi sababli bu lavozimni ham tark etadi. Uning mutaxassislar tomonidan temir yoʻl sohasi boʻyicha mutaxassis emasligi va tegishli maʼlumotga ega boʻlmagan holda ushbu sohada rahbarlik qilishi «yetarli darajada malakali va samarali emas» deb baholangan. Xususan, uzoq muddat davomida Rossiya boʻylab yuklarni, shu jumladan strategik yuklarni tashish uchun vagonlarning surunkali ravishda yetishmasligi, Moskva-Qozon tezyurar temir yoʻl liniyasini qurish boʻyicha davlat rejalarining buzilishiga sababchi sifatida tanqid qilingan.

2018-yil 24-yanvarda Bloomberg telekanalida shunday degan edi:

2018-yilning 25-yanvarida Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Rossiyaning SWIFT banklararo tizimidan uzilishi ehtimolini izohlar ekan, u shunday dedi:

2018-yil may oyida Putinning prezidentlik inauguratsiyasidan so‘ng Dvorkovich yangi hukumat tarkibiga kiritilmadi, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari sifatida ishlagan paytidagi ko‘plab lavozimlarini ham tark etdi. Rossiya temir yoʻllari direktorlar kengashi raisi boʻlishni toʻxtatishiga qaramay, Dvorkovich, direktorlar kengashi aʼzosi, kadrlar va mukofot pullari qoʻmitasining raisi boʻlib qoldi[17].

Boshqa tashkilotlardagi lavozimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

«G8» sammitining afrika mamlakatlari yetakchilari bilan kengaytirilgan formatda oʻtkazilgan ishchi majlisi. Chapdan oʻngga: Germaniya kansleri Angela Merkel, Nigeriya prezidenti Umar Musa, Rossiya prezidenti yordamchisi Arkadiy Dvorkovich hamda Dmitriy Medvedov. Toyako-Onsen, Xokkaydo, Yaponiya. 2008-yil, iyul oyi.

2006-yildan Rossiya futbol ittifoqi boshqaruvi aʼzosi, Rossiya futbolini rivojlantirish dasturlari rahbari.

2007-yildan — Rossiya shaxmat federatsiyasining (RShF) birinchi vitse-prezidenti, RShFda bolalar shaxmatini rivojlantirish, Rossiyada shaxmatni rivojlantirish uchun moliyaviy yordamni ragʻbatlantirish va yaxshilashni nazorat qildi. 2009-yilda Dmitriy Medvedev davlat lavozimlari va sport federatsiyalaridagi lavozimlarni birlashtirishga qarshi chiqqanida, u isteʼfoga chiqdi[18]. 2010-yilda u RShF Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi[19].

2010-2014-yillarda — Rossiya shaxmat federatsiyasi Kuzatuv kengashi raisi[20].

2015-yil iyul oyidan buyon Dvorkovich Rossiya Iqtisodiyot maktabi direktorlar kengashi raisi[21].

2017-yil 1-sentyabrdan boshlab „Rosselxozbank“ OAJ Kuzatuv kengashining raisi boʻldi[22]. U ushbu lavozimda Aleksandr Tkachev oʻrnini egalladi.

2020-yil martgacha Rossiya temir yoʻllari direktorlar kengashi aʼzosi, kadrlar va mukofot pullari qoʻmitasi raisi[17][23][24].

Isteʼfoga chiqqach[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 18-mayda Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining oʻrinbosari davlat lavozimini tark etgach, Dvorkovich Skolkovo jamgʻarmasi hamraisi etib saylandi[25].

2022-yil mart oyida Amerikaning „Mother Jones“ jurnaliga bergan intervyusida u Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqinini tanqid qildi, mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishni yoqladi va Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni „qaxshatkich, ammo maʼnosiz“ deb atadi[26]. Koʻp oʻtmay, „Yedinaya Rossiya“ (ruscha: Единая Россия) Bosh kengashi kotibi Andrey Turchak uni „milliy xoin“ deb atadi va uni Skolkovodan ishdan boʻshatish bilan tahdid qildi[27]. Turchakning ushbu bayonotlaridan bir kun oʻtib, Dvorkovich „Skolkovo“ („Skolkovo“) jamgʻarmasi raisi lavozimini tark etishga qaror qildi[28].

FIDE prezidenti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arkady Dvorkovich Vladislav Kovalev va uning raqibi Vladimir Kramnik (chapda) oʻrtasidagi baxsni oʻzining ilk yurishi bilan boshlab bermoqda. Dortmund, 2018-yil.
2022-yilgi FIDE prezidentligi uchun ovoz berish jarayonidan avval o‘zining nomzodini qaytarib olgan Bachar Kouatly.

2018-yil 3-oktyabrda Dvorkovich Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti etib saylandi[1].

Qayta saylanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 7-avgustda Hindstonning Chennay shahrida Xalqaro shaxmat fediratsiyasining (FIDE) Bosh assambleyasida federatsiya prezidentligiga boʻlib oʻtgan saylovlarda qayta saylandi[29].

Dastlab ushbu lavozim uchun uchta nomzod: tashkilotning amaldagi rahbari Arkadiy Dvorkovich (Rossiya), grossmeyster Andrey Baryshpolets (Ukraina) va FIDE birinchi vitse-prezidenti, grossmeyster Bashar Kouatly (Fransiya) kurash olib borishdi. Ovoz berishdan oldin Bachar Kouatly delegatlar uni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamaganini aytib, o‘zining nomzodini qaytarib oldi. Shunday qilib, saylov byulletenida faqat ikkitagina nomzod qoldi.

FIDE nizomiga ko‘ra, yangi prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashirin ovoz berish yo‘li bilan to‘rt yil muddatga saylanishi koʻrsatib oʻtilgan. Har bir aʼzo davlat bitta ovozga ega boʻlib, birinchi turda gʻalaba qozonish uchun 50 % dan ortiq ovoz toʻplash kerak boʻladi.

Markaziy osiyo Davaltlaridan delegat sifatida: Oʻzbekistondan Husan Turdialiev, Qozoqistondan Galim Husayinov, Qirgʻizistondan Bobur Tolbaev, Tojikistondan Hurshid Vatanov, Turkmanistondan Vepa Malikguliyev qatnashishdi. Rossiyalik delegat sifatida Rossiya yoshlar terma jamoasi katta murabbiyi, grossmeyster Mixail Kobaliya ishtirok etdi[30].

Bosh Assambleyada 179 delegat ishtirok etdi. Amaldagi prezident Arkadiy Dvorkovich rekord darajadagi qoʻllab-quvvatlovga erishdi. Unga 157 delagat ovoz berdi va u FIDE prezidenti lavozimiga qayta saylandi. Sobiq jahon chempioni Viswanathan Anand (Hindiston) birinchi vitse-prezident lavozimiga saylandi[31]. Ovoz berish natijalari eʼlon qilingandan so‘ng u shunday dedi:

Rossiya shaxmat federatsiyasi prezidenti Andrey Filatov Arkadiy Dvorkovichni yangi muddatga saylangani bilan tabrikladi:

Janjallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil noyabr oyida Bosh vazir oʻrinbosari boʻlgan Dvorkovich FXX (ФСБ) tomonidan Ulyukaev ishi boʻyicha „Rosneft“ kompaniyasi rahbari Igor Sechindan katta miqdorda pora olishga tama qilish boʻyicha tergov ostida boʻlgan yuqori martabali federal amaldorlar orasida tilga olindi[32][33].

2018-yil noyabr oyida Bosh vazir oʻrinbosari Dvorkovichning uzoq yillik yordamchisi boʻlgan Anastasiya Alekseeva Rossiya hukumati apparatidagi ichki maʼlumotlar, vazirlar va bosh vazir oʻrinbosarlarining rasmiy yozishmalarini ruxsatsiz jurnalistlarga oshkor qilgani uchun ishdan boʻshatilgani maʼlum boʻldi. Ushbu janjalga sabab boʻlgan materiallar jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi. Dvarkovich 2020-yilda pora olgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan[34][35].

2019-yil fevral oyida Rossiya ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan RBK-TV biznes telekanalida bir video eʼlon qilinadi. Unda xususiy samolyot bortida boʻlgan Dvorkovich qoʻlida stakan bilan mast holatda sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aleksandr Tkachev, D.A Medvedevning sobiq matbuot kotibi Natalya Timakova, Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining protokoli sobiq rahbari Marina Entaltseva bilan raqsga tushgani aks etgan edi. Bayram ishtirokchilari qadaxlarini koʻtarib, Nadejda Kadyeshevaning repertuaridagi "Ax, sudba moya, sudba!" (ruscha: «Ах, судьба моя, судьба!», „Oh, taqdirim, taqdirim!“) qoʻshigʻini kuylashadi. Dvorkovichning maʼqullagan hayqiriqlariga Tkachev qadax soʻzi aytadi: „Agrar lobbi uchun!“ Nashr qilingan maʼlumotlarga koʻra, video 2018-yilning bahorida, Rossiya Federatsiyasi hukumatining yangi tarkibi tasdiqlanishidan bir oz oldin tasvirga olingan. Bu video nima sababdan Dvorkovich Bosh vazir oʻrinbosari lavozimidan, Tkachev esa Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimidan ayrilganini tushuntirib beradi[36].

Mulki va daromadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Dvorkovichning 2011-yildagi daromadi 4 million rublni, xotinining daromadi esa 42,21 million rublni tashkil etgan. 2015-yilda uning xotini 141,4 million rubl ishlab topgan[37]. Dvorkovich rafiqasi bilan birgalikda umumiy maydoni 87 gektar boʻlgan 2 ta yer uchastkasi, turar-joy binosi, ikkita kvartira, avtoturargoh va ikkita Lexus avtomobiliga ega[38].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Dvorkovich Vladimir Yakovlevich (1937-2005) — otasi, xalqaro shaxmat hakami, Rossiya shaxmat federatsiyasi hakamlar hay’ati raisi, koʻp yillar davomida jahon chempioni Garri Kasparovning doʻsti va yordamchisi boʻlgan[42].
  • Dvorkovich Mixail Vladimirovich (1978-yil 11-aprelda tugʻilgan) — ukasi, muxolifatchi jamoat arbobi, „Novoe delo“ (ruscha: «Новое дело») biznes uyushmasi asoschisi, oʻzining ommaviy norozilik harakatlari bilan mashxur[2].
  • Rustamova Zumrud Xandadashevna (1970-yil 21-sentyabrda tugʻilgan) — rafiqasi (nikoh 2001-yilda qayd etilgan[43]), Rossiya Federatsiyasi mulk munosabatlari vazirining sobiq oʻrinbosari (2000-2004), Sibir koʻmir energetika kompaniyasi vitse-prezidenti. (2004-2006)[44]. 2011-yil holatiga koʻra „Polimetal“ („Polimetall“) togʻ-kon kompaniyasi bosh direktorining oʻrinbosari (2006 yildan), Rossiyaning bir qator yirik kompaniyalari boʻlmish: Magnitogorsk temir-poʻlat zavodi (2006-yil apreldan), Sheremetyevo xalqaro aeroporti OAJ (2008-yil 14-iyuldan boshlab), „Xanti-Mansiysk Bank“ OAJ (2009-yil 7-apreldan), „Polyus-Zoloto“ OAJ (ruscha: Полюс-Золото) (2009-yil 15-maydan), „PIK Group“ kompaniyalar guruhi OAJ (ruscha: ОАО группа компаний ПИК, 2011-yil 21-iyundan) direktorlar kengashi aʼzosi[45]. Oʻgʻillari: Pavel, Vladimir va Denis (2015-yil 2-mayda tugʻilgan)[44].

Maqolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻl harakati qoidalarini buzish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 15-yanvarda „Sinie vedyorki“ (ruscha: «Синие ведёрки», Moviy chelaklar) jamoasi amaldorning maxsus mashinasini Moskva markazida yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzganlikda aybladi. Ushbu jamiyat veb-saytida Sadovaya koltso koʻchasi boʻylab yuqori tezlikda miltillovchi chiroqlarini yoqib qora mashina harakatlanayotgani koʻrsatilgan video paydo boʻldi. Dvorkovich bu uning mashinasi ekanligini tan olib, tvitterda „Juda tez yurdim. Haydovchi tushuntirish xati yozdi. Xulosalar chiqarildi“ [46] deb xabar qoldirdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Аркадий Дворкович избран новым президентом ФИДЕ“. Qaraldi: 3-oktabr 2018-yil.
  2. 2,0 2,1 „«С Днём Рождения, Ультралорд!»: Михаил Дворкович задержан за несанкционированное поздравление Путина“. NEWSru (7-oktabr 2013-yil). 20-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-dekabr 2013-yil.
  3. „Биография на официальном сайте президента России“. 26-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-aprel 2016-yil.
  4. „Как связаны новые члены правительства и частный бизнес“. 2-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-fevral 2016-yil.
  5. „«Власть Семей-2011. Президент и его круг», Дворкович Аркадий Владимирович“. 7-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-dekabr 2011-yil.
  6. „У Путина будет программа“. 29-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-aprel 2016-yil.
  7. „У Путина будет программа“. 29-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-aprel 2016-yil.
  8. 8,0 8,1 8,2 „С президентской программы сняли пробу“. 29-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2016-yil.
  9. „«Сначала выбрали три самых плохих налога»“. 29-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2016-yil.
  10. „Сколково. Люди в проекте“. 22-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-avgust 2011-yil.
  11. 11,0 11,1 „Тандемократия может и не сохраниться при президенте Путине“. 27-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-aprel 2016-yil.
  12. „Помощник президента Дворкович о возвращении Путина в Кремль: нет поводов для радости“. 27-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-aprel 2016-yil.
  13. „Дворкович: Дмитрий Медведев хочет пойти на второй срок“. 30-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-aprel 2016-yil.
  14. Arkadiy Dvorkovich vozglavil komissiyu po monitoringu prodovolstvennix rinkovAndoza:Недоступная ссылка // Delovoy Peterburg — 2012. — 04 iyulya.
  15. „Дворкович заявил, что в России больше нет олигархов“. 20-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-yanvar 2018-yil.
  16. „Дворкович прокомментировал возможность отключения российских банков от SWIFT“. 26-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-yanvar 2018-yil.
  17. 17,0 17,1 „Официальный сайт ОАО «РЖД». Дворкович Аркадий Владимирович. Член совета директоров“. 30-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-mart 2019-yil.
  18. Тихонов, Д. „Чиновники больше не президенты“. Газета.ру (24-noyabr 2009-yil). 10-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-sentabr 2012-yil.
  19. „Дворкович возглавил Наблюдательный совет федерации шахмат страны“. РИА Новости (20-fevral 2010-yil). 17-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 9-sentabr 2012-yil.
  20. „Андрей Филатов избран Президентом РШФ“. 24-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-fevral 2014-yil.
  21. Dvorkovich vozglavil sovet direktorov perejivayuщey trudnosti RESh
  22. „Дворкович возглавил наблюдательный совет Россельхозбанка“. 13-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-may 2018-yil.
  23. „ТАСС, 13 марта 2020. Первый вице-премьер Белоусов возглавит совет директоров РЖД“. 23-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-mart 2020-yil.
  24. „Структура ОАО «РЖД». Совет директоров ОАО «РЖД». Комитет по кадрам и вознаграждениям“. 30-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-mart 2019-yil.
  25. „РБК — Дворкович стал сопредседателем фонда «Сколково»“. 11-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyun 2018-yil.
  26. „Росбизнесконсалтинг, 15 марта 2022. Дворкович выступил за мирное урегулирование конфликта на Украине“. 16-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-mart 2022-yil.
  27. „Секретарь "Единой России" назвал главу фонда "Сколково" "национал-предателем"“. Радио Свобода (16-mart 2022-yil). Qaraldi: 17-mart 2022-yil.
  28. „Дворкович покинул пост председателя фонда "Сколково". Ранее он выступил против военной агрессии России в Украине“. Настоящее время (18-mart 2022-yil). Qaraldi: 18-mart 2022-yil.
  29. „АРКАДИЙ ДВОРКОВИЧ ПЕРЕИЗБРАН ПРЕЗИДЕНТОМ ФИДЕ.“. Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
  30. https://congress.fide.com/wp-content/uploads/2022/07/List-of-Member-Federatons-having-voting-powers_26-July-2022_voters.pdf
  31. „PROFILE INFO“. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
  32. „Русская служба ВВС, 16 ноября 2016. Дело Улюкаева: придет ли ФСБ за кем-то ещё?“. 13-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-noyabr 2018-yil.
  33. „Росбизнесконсалтинг, 16 ноября 2016. СМИ узнали об оперативной разработке ряда высокопоставленных чиновников“. 13-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-noyabr 2018-yil.
  34. „Росбизнесконсалтинг, 13 ноября 2018. Наказанной за слив из правительства оказалась экс-помощница Дворковича“. 13-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-noyabr 2018-yil.
  35. Александр Пятин. „Экс-помощницу Дворковича обвинили в получении взяток путевками в Таиланд и Доминикану“. Forbes (20-fevral 2020-yil). Qaraldi: 20-fevral 2020-yil.
  36. „Вечеринка Дворковича, Ткачева и бывших приближенных Медведева на борту частного самолета попала в Сеть“. Ura.ru (13-fevral 2019-yil). 14-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-fevral 2019-yil.
  37. „Как менялись доходы членов правительства и администрации президента“. ТАСС (16-aprel 2021-yil). 19-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-aprel 2021-yil.
  38. „Сведения о доходах, об имуществе и обязательствах имущественного характера федеральных государственных служащих Администрации президента и аппарата Совета Безопасности России, а также их супругов и несовершеннолетних детей за период с 1 января 2011 г. по 31 декабря 2011 г.“. Президент России. 25-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-dekabr 2012-yil.
  39. Ukaz prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 9 iyulya 2010 goda № 847
  40. „Указ Президента Республики Беларусь от 26 февраля 2015 года № 101 «О награждении»“. 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-mart 2019-yil.
  41. „Текст решения“. 18-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-may 2015-yil.
  42. „Владимир Яковлевич Дворкович“. 27-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-fevral 2014-yil.
  43. I zumrudnaya lyubov, „Profil“, № 10(328) ot 10.03.2003.
  44. 44,0 44,1 Удачливая Зумруд, «АиФ Челябинск», 14.03.2007.“. 29-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-yanvar 2010-yil.
  45. „Рустамова Зумруд Хандадашевна, член совета директоров ОАО Магнитогорский металлургический комбинат“. 19-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-dekabr 2011-yil.
  46. Avtomobili“. 19-yanvar 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-yanvar 2012-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]