Arizani ko'rmasdan qoldirish asoslari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arizani koʻrmasdan qoldirish asoslari — sud quyidagi hollarda arizani koʻrmasdan qoldiradi: Ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; Manfaatdor shaxs nomidan arizani ish yuritishga vakolati boʻlmagan shaxs bergan boʻlsa; Sud ayni bir taraflar oʻrtasidagi ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha chiqqan nizo yuzasidan ish yuritayotgan boʻlsa; Ishni oʻzlarining ishtirokisiz koʻrishni iltimos qilmagan taraflar ikkinchi chaqiruv boʻyicha uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, sud esa ishga oid mavjud materiallar asosida ishni hal qilish mumkin emas deb hisoblasa; Ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrishni iltimos qilmagan daʼvogar ikkinchi chaqiruv boʻyicha sudga kelmasa, javobgar esa ishni mazmunan koʻrishni talab qilmasa. Ariza koʻrmasdan qoldirilgan hollarda ish yuritish sudning ajrimiga binoan tamomlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi