Arid oʻlkalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Arid o‘lkalardan yoʻnaltirildi)


Arid oʻlkalar (lot. aridus — qurgʻoqchil) — choʻl iqlimli oʻlkalar. A.oʻ.da havoning sutkalik va yillik temperaturalari katta tafovut qiladi, nisbiy hamda mutlaq namlik kam, yogʻin juda oz (150 — 200 mm) boʻladi. A.oʻ.da tran-zit (shu yerlardan oʻtadigan) daryolarni mustasno qilganda doimiy oqar suvlar boʻlmaydi, oʻsimliklar juda siyrak yoki butunlay yoʻq, tabiiy nurash kuchli, tuprogʻi boshlangʻich holda. A.oʻ. tropik, subtropik hamda moʻ’tadil mintaqalarda — materiklarning ichkari qismlarida va qoʻshni oʻlkalardan keladigan nam havo oqimlarini togʻ tizmalari toʻsib tur-gan yerlar (Oʻrta Osiyo, Eron choʻllarida hamda yuqori bosimli oʻlkalar — Sahroi Kabir, Arabiston yarim orol, Quyi Kalifor-niya, Kolorado etagi, Atakama, Namib, Avstraliya choʻllari)da koʻproq uchraydi. A.oʻ.ga Markaziy Osiyo choʻllari eng yaxshi misoldir. Bu yer Yevrosiyo materigi oʻrtasida, shamollar keladigan okeanlar (Atlantika okeani)dan juda uzoqqa joy-lashgan yoki togʻlar bilan toʻsilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil