Kontent qismiga oʻtish

Argʻun Aqa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Argʻun Aqa

Tarixi jahongushoda tasvirlangan Argʻuna Aqa (zararlangan), 1290-yil. Bibliothèque Nationale de France (Suppl. Pers. 205)[1][2]
Fors, Gruziya va Onadoʻli dorugʻachisi
Mansab davri
1243 – 1275
Oʻtmishdoshi Korguz
Vorisi Buqa
Xuroson hokimi oʻrinbosari
Mansab davri
1265 – 1275
Hokim Shahzoda Tubshin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi tax. 1243
Vafoti 1275-yil 17-iyun
Xuroson

Argʻun Agʻa, shuningdek, Argʻun Aqa yoki Argʻun Qari (forscha: ارغون آقا‎; ᠠᠷᠭᠤᠨ (mongol tili); fl. 1220—1275) – XIII asrda yashagan moʻgʻul zodagoni, Oyrat qabilasiga mansub boʻlgan. 1243—1255-yillarda Hulagu tomonidan Hulokuiylar davlati barpo etilishidan avval moʻgʻullar nazoratidagi Eron hududida hokim (noib) lavozimida faoliyat yuritgan[3]. Munkexon farmoniga koʻra, Argʻun Agʻa Sharqiy va Markaziy Eronning toʻrt viloyati ustidan nazoratni amalga oshirgan.

Rashiduddinning maʼlumotiga koʻra, Argʻun yoshligida otasi Jaloyir qabilasidan boʻlgan Oʻqtoyxonning murabbiysi Qadanga sotgan[4]. Qadan esa uni oʻz oʻgʻli Ilügaga topshirgan[5]. Biroq Juvayniyning yozishicha, otasi mingghan qoʻmondoni boʻlgan[6]. Argʻun Ögedeilar xonadoni xizmatida boʻlgan yillarida hukmron sulola aʼzolari orasida yaxshi taʼlim olgani va qadimgi uygʻur tilini mukammal bilgani sabab obroʻ qozongan. Oʻz faoliyatini Oʻqtoy hukmronligi davrida bitikchi (kotib) lavozimidan boshlagan. Keyinchalik Oʻqtoyning rafiqasi Töregene Xotun uni Movarounnahr hokimi, yaʼni Korguzning bosqoqi etib tayinladi. Nihoyat, Korguz taxminan tax. 1242-yilda qatl etilgach, butun mintaqaning fuqaroviy boshqaruvi Argʻun Aqa qoʻlga oldi.

Argʻun Aqa Amu Daryadan to Onadoʻligacha boʻlgan keng hududlar boshqaruviga tayinlandi. Uning kotibi vazifasini Sharafiddin Xorazmiy bajargan. Biroq Argʻun unga nisbatan salbiy munosabatda boʻlgan[7]. 1246-yilda Guyukxon Argʻunni lavozimiga tasdiqladi. Ascelin ehtimol Argʻunni tax. 1247-yilda Bayju Noʻyon saroyida uchratgan boʻlishi mumkin. Argʻun 1248 va 1251-yillarda tayinlanganidan keyin ikki marta Qoraqurumga safar qilgan. Uchinchi safarida u Hulagu tomonidan Movarounnahrda hibsga olingan. Biroq koʻp oʻtmay ozod etilgan. Xodimlari orasida mashhur Juvayniy oilasi aʼzolari, Fakriddin Bihishtiy (vaf. 1256), Husamiddin Bihishtiy, Najmiddin Ali, Turumtay, Naimaday va boshqalar bor edi. 1254-yilda Munke farmoniga muvofiq, Najmiddin Ali bilan birgalikda Eron hududida aholini roʻyxatga olish ishlarini amalga oshirgan[7]. 1256-yilda esa Hulagu amalga oshirgan Moʻgʻullarning nizoriylarga qarshi yurishida ishtirok etgan.

Gruziya yurishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tarixi jahongusho“ asarining (1290) frontispisi. Juvayniy Argʻun Aqa huzurida oʻtirib yozmoqda[1][8][9]

1259–1261-yillarda Gruziya qirolligidagi qoʻzgʻolonchilarga qarshi jazolovchi harbiy amaliyotlarga boshchilik qildi. 1260-yilda Hulagu moʻgʻullarning Levantga yurishlari uchun gruzinlar va armanlarni safarbar etishni talab qilganida, Sharqiy Gruziya qirolligi hukmdori David Ulu 1258-yildagi Bagʻdod qamalida qoʻshinlari koʻrgan talafotlarni eslab, bosh koʻtardi[10]. Argʻun Aqa boshchiligidagi yirik moʻgʻul qoʻshini janubdan Gruziyaga bostirib kirib, Axaldaba yaqinidagi jangda David Ulu va Sargis I Jaqeliga ogʻir zarba berdi, soʻng mamlakatni shafqatsiz ravishda talon-toroj qildi. Harbiy yurish qishda ham davom etdi va keyingi yili David Ulu Imeretiga qochishga majbur boʻldi. Moʻgʻullar bu hududni egallay olmadi[11]. Davidning oilasi asir olindi, rafiqasi Gvantsa Kakhaberidze esa oʻldirildi[12]. 1262-yilda tinchlik bitimi tuzildi. Unga koʻra, David Ulu Tbilisiga qaytib, moʻgʻullar vassali sifatida taxtini tikladi va Hulaguga sadoqat bildirdi. David Narin esa Imeretida nominal ravishda moʻgʻul hukmronligini tan oldi. Hulagu qoʻzgʻolonchilarni kechirdi, chunki 1261-yildan boshlab Hulakuiylar Oltin O‘rda hukmdori Berkaxon bilan keng koʻlamli urush olib borayotgan edi[11].

Shundan soʻng Argʻun Aqa Xurosonga Oltin Oʻrdaga qarshi kurashish uchun yuborildi. Fors manbalarida Qagʻa xoqonning sodiq xizmatkori ekani tasvirlangan. Biroq Gruziya va Armaniston manbalarida esa shafqatsiz va zoʻravon nazoratchi boʻlgani tilga olingan. Shuningdek, gruzin yilnomalaridan birida adolatparvar, soʻzida sobit, chuqur fikrli va dono maslahatchi ekani taʼriflangan. Ushbu manbada Argʻun Rossiya, Arktika hududlari, Alaniya, Pontik dashti, Gruziya, Armaniston va Onadoʻlini qamrab olgan imperiya miqyosidagi aholi roʻyxatini oʻtkazgani qayd etilgan[13]. Argʻunning markaziy qarorgohda koʻplab siyosiy raqiblari boʻlgani sababli, oʻz sadoqatini isbotlash uchun tez-tez Qagʻanning oʻrdasiga, yaʼni Moʻgʻulistondagi saroyiga borishga majbur edi. Garchi Munke 1252-yilda taxtga oʻtirgach, Argʻunni avvalgi lavozimiga qayta tayinlagan boʻlsa-da, imperator Argʻunni xiyonat aybiga javob berish uchun huzuriga chaqirdi Arman zodagoni Sempad Orbelian Argʻunni toʻliq oqlab, asl aybdor Argʻunning dushmani boʻlgan xorazmlik bir noib ekanini aytgan[14]. Shundan soʻng Argʻun ozod etilib, ular birga qaytishdi.

Mili Radkan Argʻun Aqaning maqbarasi hisoblanadi

Hulagu hukmronligi davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argʻun Hulagu davrida ham maʼmuriy vazifalarini davom ettirdi va soliq majburiyatlarini bajarmagan vassallarni jazoladi. 1261-yilda xirojni toʻlamagan yoki kam toʻlagan hukmdorlar, jumladan, Gvantsa Kaxaberidze, Hasan Jalol, Zakare III Zakarian va Axsitanga qarshi choralar koʻrdi. Shuningdek, shahzoda Abaqaga hamrohlik qilib, Alguni Oltin Oʻrda bilan kurashida qoʻllab-quvvatladi.

Abaqa hukmronligi davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Argʻun Aqa 1265-yilda Hulaguning vafotidan keyin ham Hulokuiylar davlati xizmatida qolgan. Yangi lavozim, yaʼni Xurosonga shahzoda Tübshinning noibi lavozimiga tayinlandi. Yangi Chigʻatoy xoni Baroqxon 1270-yilda Hulokuiylar Afgʻonistonni tark etmasa, bostirib kirish bilan tahdid qildi. 1270-yil 22-iyulda boʻlib oʻtgan Hirot jangida Argʻun Aqa shahzoda Yoshmut qoʻmondonligidagi chap qanot safida jang qildi. Jang Hulokuiylar uchun hal qiluvchi gʻalaba bilan yakunlandi. Argʻun Aqa 1275-yil 17-iyunga qadar Xurosonda xizmat qilishda davom etdi va shu kuni vafot etdi.

Argʻun Aqa hozirgi Ozarbayjon hududidagi Qubalıbalaoğlan qishlogʻida joylashgan Pir Huseyn xonaqohini moliyalashtirgan boʻlishi mumkin. Shuningdek, Radkan (Xuroson)da dafn etilgan deb ham hisoblanadi[4].

  1. 1,0 1,1 Jaber, Shady (2021). "The Paintings of al-Āthār al-Bāqiya of al-Bīrūnī: A Turning Point in Islamic Visual Representation". Lebanese American University: Figure 5. https://laur.lau.edu.lb:8443/xmlui/bitstream/handle/10725/13751/Shady_Jaber_Thesis_Redacted.pdf?sequence=3. 
  2. Lane, George (1999). "Arghun Aqa: Mongol Bureaucrat". Iranian Studies 32 (4): 459–482. doi:10.1080/00210869908701965. ISSN 0021-0862. https://www.jstor.org/stable/4311297. "Juvaini's depiction of Arghun Aqa The picture painted of the Mongol amir in the Tārīkh-i Jahān-Gushā dates from this period." 
  3. Grousset, p. 376
  4. 4,0 4,1 Landa, Ishayahu (2018). "New Light on Early Mongol Islamisation: The Case of Arghun Aqa's Family" (en). Journal of the Royal Asiatic Society 28 (1): 77–100. doi:10.1017/S1356186317000438. ISSN 1356-1863. https://www.cambridge.org/core/journals/journal-of-the-royal-asiatic-society/article/new-light-on-early-mongol-islamisation-the-case-of-arghun-aqas-family1/EBC828779461678CFCFDCE46ED89BB86. 
  5. „ARḠŪN ĀQĀ – Encyclopaedia Iranica“. www.iranicaonline.org. Qaraldi: 2020-yil 19-aprel.
  6. Ata-Malik Juvaini, Genghis Khan: The History of the World-Conqueror trans. J. A. Boyle (Manchester, 1997), p. 505.
  7. 7,0 7,1 Lane, George (1999). "Arghun Aqa: Mongol bureaucrat" (en). Iranian Studies 32 (4): 459–482. doi:10.1080/00210869908701965. ISSN 0021-0862. http://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/00210869908701965. 
  8. „Consultation Supplément Persan 205“. archivesetmanuscrits.bnf.fr. Bibliothèque Nationale de France.
  9. Inal, Güner (1975). "Artistic Relationship Between the Far and the Near East as Reflected in the Miniatures of the Ǧāmiʿ at-Tawārīḫ". Kunst des Orients 10 (1/2): 124, note 34. ISSN 0023-5393. https://www.jstor.org/stable/20752459. 
  10. Bai︠a︡rsaĭkhan 2011, s. 137 „Hűlegű demanded that the Georgian King David Ulu support his conquest of Syria and Egypt . Surprisingly, David refused. One might have expected that the Georgian king would have been more than interested in liberating the Holy Land . However, David was not only disinterested in this venture, but also bold enough to refuse Hűlegű’s order. In addition, he sought a revolt, which was suppressed by Arghun Aqa in Southern Georgia in 1260. David Ulu ’s refusal to participate in the Mongol campaign in Syria can be explained by his huge loss of men in the battle for Baghdad.“
  11. 11,0 11,1 Mikaberidze, Alexander. Historical Dictionary of Georgia (en). Rowman & Littlefield, 6 February 2015 — 255-bet. ISBN 978-1-4422-4146-6. 
  12. Mikaberidze, Alexander. Historical Dictionary of Georgia (en). Rowman & Littlefield, 6 February 2015 — 260-bet. ISBN 978-1-4422-4146-6. 
  13. H. H. Howrth-HOM, Mongols in Persia, vol. III. p.68
  14. H. H. Howorth, HOM, Mongols in Persia, vol. III. p.65
  • Amitai-Preiss, Mongols and Mamluks: the Mamluk-Īlkhānid War, 1260-1281
  • Bai︠a︡rsaĭkhan, D.. The Mongols and the Armenians (1220-1335). Leiden; Boston: Brill, 2011. ISBN 978-9-0041-8635-4. 
  • Rene Grousset, The Empire of the Steppes