Aravaklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aravaklar (arovaklar, aruaklar) – Janubiy Amerika va Vest-Indiyadagi indeys xalqlari guruhi (guaxiro, kampa, machichenga, baniva, A.ning o‘zi va boshqalar). A.ning bir qismini Ispaniya mus-tamlakachilari qirib yuborgan, qolganlari (350 ming kishi, 1964) hozirgi vaqtda Venesuelaning g‘arbiy rayonlarida, Kolumbiya va Peruning shimoliy viloyatlarida, Braziliyada va Boliviyada yashaydi. Umumiy soni 400 ming kishi (1992). Ara-vak tilida so‘zlashadilar. A.da urug‘chilik tuzumi va ruhlarga ishonish bilan bog‘liq bo‘lgan diniy e’tiqod saqlangan, bir qismi – katolik. Dehqonchilik va ovchilik bilan shug‘ullanadilar, bir qismi kat-ta yer egalariga qarashli plantatsiyalarda yollanib ishlaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil