Arabxonayibolo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arabxonayibolo — Buxoro viloyati, Buxoro tumanidagi aholi punkt nomi[1]. Tumandagi aholi punkti nomi. Toponim ikki qismdan ibort: arabxonayi bolo. Birinchi qism arab+xona+i shaklida boʻlib, arab -toponimning asosiy, xona — toponimik indikator, -i esa forsiy izofa hisoblanadi. olo fors-tojikcha soʻz boʻlib, yuqori, baland tomon kabi maʼnonlarda qoʻllanadi. Lugʻatda mmazkur soʻzning oʻndan ortiq maʼnosi sharhlangan. Bular jumlasiga „narsaning yuqori qismi“, „narsaning yuzasi“, „bosh“, „yuqori“, „tepa“, „nisbatan yuqorilik“ [34, 225] va boshqalarni kiritish mumkin. Toponim tarkibida bolo soʻzi „nisbatan yuqorilik“ maʼnosini kasb etgan. Quyi yuqori, baland — past, bosh — adoq, bosh — etak, yuqori — etak, bolo — poyon kabi oʻringa, joyga nisbatlanib qishloq, mahalla, koʻchalarni nomlash boʻlgan. Arabxonayibolo „arablar yashaydigan yuqori qishloq“ manoʻsiga ega[2].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rajabov Q, Hayitov Sh, Sodiqov F. Buxoro tuman tarixi (qisqacha ma’lumotnoma). Toshkent: Tafakkur, 2015 — 52 bet. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 115 bet.