Muhammadqul Arabov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammadqul Abduqodirovich Arabov (1921-yil 5-mart, Buxoro — 1999-yil 25-dekabr) — kinooperator. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). Moskva davlat kinematografiya institutining operatorlik fakultetini tugatgan (1943). Moskvadagi Markaziy hujjatli filmlar kinostudiyasining harbiy kinooperatori boʻlib 1-Ukraina frontida xizmat qildi (1943 — 45). „Berlin“ filmi va „Ulugʻ Vatan urushi“ kinoepopeyasiga A. suratga olgan jang lavhalaridan kadrlar kiritilgan. 1946 — 52 yillarda Sverdlovsk, 1953 — 62 yillarda Dushanba kinostudiyalarida, 1962-yildan Oʻzbekiston hujjatli va il-miy-ommabop filmlar kinostudiyasida ishlagan. Bir necha filmlarni suratga olgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil