Arabi (qoʻy zoti)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arabi – qora rangli qorakoʻl qoʻy zoti. Qoʻzilari qora rangda tugʻiladi va bir yoshga kirganda jun qoplami rangida oʻzgarish boshlanadi. Dastlab qizgʻish-sariq, 2—3 yoshda esa och kulrang va oq rangga kiradi. Qorakoʻl qoʻylarining 90—95% ini arabi qoʻylari tashkil etadi. Sifatli, eng yaxshi teri beradi. 2—3 kunlik qoʻzilari qorakoʻl teri olish uchun soʻyiladi (bu davrda teri jingalaklari va gullari aniq, chiroyli boʻladi, 3—4 kun oʻtgach gullardagi aniqlik, mayinlik jun tolalari oʻsishi hisobiga yoʻqolib boradi). Arabi qoʻylarning ham odatdagidek meʼyorda, yaʼni bir yilda 2 marta juni qirqilib, 2,2—2,6 kg jun olinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.