Arab-Isroil ziddiyati
Arab-Isroil ziddiyati (arab. الصراع العربي الإسرائيلي Aṣ-Ṣirāʿ al-ʿArabī al-'Isrā'īlī, ivr. הסכסוך הישראלי ערבי) tushunchasi oʻz ichiga qariyb bir asrlik siyosiy va harbiy qarama-qarshiliklarni oladi. Ziddiyat zamirida sionist harakatlar paydo boʻlishi hamda panarabchi va panislomchilar nuqtai-nazaridan arab-musulmon yerlari, yahudiylar tomonidan esa vatan hisoblanmish hududda Isroil davlati tuzilishi bilan bogʻliq muammolar yotadi.
Usmonlilar imperiyasi yemirilishidan soʻng hudud talashish maqsadidagi siyosiy qarama-qarshilik sifatida boshlangan bu ziddiyat yillar oʻtishi bilan keng miqyosli Arab-Isroil ziddiyatidan kichikroq, mintaqaviy miqyosdagi Isroil-Falastin ziddiyatiga aylandi; biroq hamon arab va qisman musulmon mamlakatlari Isroil davlatiga nisbatan dushman kayfiyatdadirlar.
Arab-isroil urushi (Falastin urushi) (1948 — 1949) — Arab davlatla-ri (Misr, Iordaniya, Iroq, Suriya, Livan, Saudiya Arabistoni, Yaman)ning Isroil davlati b-n urushi. BMT Bosh Assamble-yasining 1947 y. 29 noyabr dagi qaroriga binoan Falastin hududida Arab davla-ti barpo etilishi kerak edi. Ammo Is-roil uning 6,7 ming kv. km lik qismini hamda Quddusning g‘arbini bosib olgan. Arab davlati uchun mo‘ljallangan Fala-stinning boshqa qismi va Quddusning sharqiy qismini Iordaniya o‘ziga qo‘shib olgan. Isroil bosib olgan hududdan 900 mingdan oshiq arab aholisi quvg‘in qilingan. Yarash haqidagi bitim (1949) A.-I. u. natijasida vujudga kelgan Yaqin Sharq mojarosini hal etmadi. 588
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |