Aqliy tarbiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aqliy tarbiya — shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni toʻplash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasnif-lash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiya vazifasi intellektu-al koʻnikmalar, yaʼni har qanday fanni oʻrganishda qoʻllaniladigan umumiy oʻquv koʻnikmalari -oʻqish, tinglash, oʻz fi-krini ogʻzaki bayon etish, yozish, manba bilan ishlash, mustaqil ishlash malakalarini shuningdek biror fanni egallash boʻyicha zarur boʻlgan maxsus koʻnikmalar (chizma, haritalarni oʻqiy bilish, ularning na-tijalarini chiqara olish)ni egallashdan iborat. Ilmiy dunyoqarashni shakllanti-rish, yaʼni bolalarga olam ilmiy manza-rasi, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlarini tushuntirish ham Aqliy tarbiyaning muhim vazifasidan biridir. Bunda bolalar hayotining dastlabki yilidayoq atrofni oʻrab turgan barcha narsalar bilan tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. Aqliy tarbiya taʼlim, oʻyin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan boʻlgan muloqotda, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan axborotlarni qabul qilish va oʻzlashtirishda roʻy beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil