Aqli rasolik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aqli rasolik — odamning ruhiy jihatdan sogʻlom holati; jino-yat huquqida shaxsning sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishini jinoyat deb hisoblash va jinoiy javobgarlik-ka tortishning huhuqiy shartlaridan biri. Aqli raso shaxs har qanday ji-noyatni sodir qilganda oʻz harakat yoki harakatsizligining jinoyat ekanligini anglaydi va undan kelib chiqadigan oqibatni biladi. Jinoyat huquqida jinoyat uchun javobgar boʻla oladigan Aqli rasolikning ikki mezoni nazarda tutil-gan boʻlib, bular kishi jinoyat sodir qilish paytida oʻz qilmishining ijti-moiy xavfli xususiyatini anglagani; oʻz harakatlarini boshqara olganligidir. Jinoyat sodir qilgan shaxsni javobgarlikka tortish masalasi qoʻyilgan vaqtda uning aqli rasoligi tekshirib kuriladi. Agar jinoyat ishini tergov qilish yoki sudda kurish paytida uning aqli rasoli-giga shubha tugʻilsa, sud-psixiatriya eks-pertizasi tayinlanadi, u shaxsni akli raso deb xulosa bersa, uni jinoiy ja-vobgarlikka tortish masalasi qoʻyiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil