Apsirt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Apsirt (qadimgi yunoncha: Ἄψυρτος qadimgi yunoncha: Ἄψυρτος, yoki Absirt) — qadimgi yunon mifologiyasida[1] — Eet va Idia (yoki Eet va Asterodeya[2], Sofoklda Eet va Neera) ning oʻgli, Medeyaning qondosh ukasi.

Mashhur va keng tarqalgan afsonaga koʻra, yosh Apsirt argonavtlar bilan birga dengiz sayohatiga otlangan. Medeya Apsirtni oʻldirgan va uning jasadini mayda boʻlaklarga boʻlib, Yasonni taʼqib qilgan otasining yoʻli boʻylab dengizga sochib chiqqan[3]. Shu tariqa argonavtlarning Kolxidadan qochishlarini osonlashtirdi. Sofoklning „Kolxiya ayollari“ fojiasida Apsirt Eeta saroyida oʻldirilgani aytiladi[4].

Ovidiyning soʻzlariga koʻra, Eet Apsirt dafn qilingan joy Toma ekanligini aytgan.

Boshqa bir hikoyaga koʻra, Apsirt katta yoshli jangchi boʻlib, u argonavtlarni qoʻshin bilan birgalikda taʼqib qilgan va Afina orolida ularga yetib olgan, orolda Yason tomonidan oʻldirilgan[5]. Apsirt bilan birga kelgan kolxlar oʻsha yerda qolib, Absor shahriga asos solishgan[6].

  • Sm. Sitseron. Maʼbudlarning tabiati toʻgʻrisida III 67 („Medeya“dan iqtibos, Aksiya?).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mifi narodov mira. M., 1991-92. V 2 t. T.1. S.96-97; Psevdo-Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka I 9, 23-24
  2. Apolloniy Rodosskiy. Argonavtika III 240
  3. Ovidiy. Skorbnie elegii III 9, 6-34; Seneka. Medeya 131—132
  4. Kommentariy D. O. Torshilova v kn. Gigin. Mifi. SPb, 2000. S.44
  5. Apolloniy Rodosskiy. Argonavtika IV 471
  6. Gigin. Mifi 23