Appendikulyariyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Appendikulyariyalar (Appendi-cularia) – xordalilar tipi krbiklilar kenja tipiga mansub sinf. Suvda suzib yuradigan dastlabki xorda-lilardan kelib chiqqan. Uz. 0,5 mm gacha, gavdasi tana va dumdan iborat. Dumida xordasi, nerv nayi va ko‘ndalang targ‘il 582muskullari joylashgan. Tanasi dildiroq shaffof moddadan iborat qobiq – uycha ichida joylashgan. Uychaning oldingi va orqa tomonida teshik bo‘ladi. Dumining harakati tufayli suv oldingi teshi-gida joylashgan filtrlovchi apparat orqali o‘tib orqa teshigidan chiqib ke-tadi. Filtrlovchi apparatning ingichka ipchalardan iborat panjaralari A. uchun oziq bo‘ladigan mayda organizmlarni tu-tib qoladi. Filtrlovchi apparat iflos-langanida A. uychasini buzib chiqib yangi uycha qurib oladi. A. halqumida endostil va bir juft jabra teshiklari bo‘ladi. Jabraoldi bo‘shlig‘i bo‘lmaydi. Anal te-shigi tanasining qorin tomonida. Miyasi ustida yorug‘likni se-zadigan ko‘zchasi va stototsisti joylashgan. Ko‘pchilik turlari germafrodit. Faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Lichinkasining og‘zi va anal teshigi bo‘lmaydi. 100 ga yaqin turi ma’lum, barcha dengizlarda, asosan suvning ustki qatlamlarida uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil