Apofema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Apofema (yun. apotithemi — bir tomonga qoʻyaman) -

  • 1) muntazam koʻpburchak apofemasi — muntazam koʻpburchak markazidan biror tomoniga tushirilgan perpendikulyar chiziq uzunligi;
  • 2) muntazam piramida apofemasi — muntazam piramida yon uchburchagining balandligi;
  • 3) muntazam kesik piramida apofemasi — muntazam kesik piramidaning yon yogʻi boʻlmish trapetsiya balandligining uzunligi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil