Aplit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aplit (yun. haploos – sodda) – magmatik yertomir tog‘ jinsi. Mayda do-nali, och rangli, bir tekis kristallangan minerallar (kvars, ishqorli dala shpati, ba’zan nordon plagioklazlar)dan iborat. A. paydo bo‘lish jarayoni jihatidan, aso-san, yer po‘stining chuqur qismidagi gra-nit bilan bog‘liq. Shuning uchun granit-A. deb ham ataladi. A. ba’zan yerning chuqur qismida boshqa jinslar bilan birga uchraydi. Bunday A.larni diorit-A., siyenit-A. va boshqa nomlar bilan ham ataydilar. A. asosan kvars va ortoklazdan iborat. Keramika sanoatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil