Kontent qismiga oʻtish

Anvar Mirsoatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anvar Mirsoatov (taxallusi Mirzo Anvar, 1939.13.2, Toshkent) — manzarachi rassom, rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2001). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1962) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti (1972) ni tugatgan. M. Gʻarbiy Yevropa sanʼati, fransuz impressionistlari, ayniqsa, neoimpressionistlari ijodini oʻrgandi, ulardan taʼsirlandi ("Mening qoʻshigʻim", 1974 va boshqalar). Rassom ijodida Oʻzbekistonning goʻzal tabiati, uning gullagan bogʻlari yetakchi oʻrin egallaydi: "Urgut" turkumi (1980), "Fargʻona hovlisi" (1986), "Oydin kecha" (1988), "Birinchi qor" (1994), "Togʻdagi erta bahor" (1994), "Sijjak" (1998), "Bogʻiston" (2000), "Chorbogʻ" (2000), "Vatan haqida qoʻshiq" (2000), "Qishki Chimyon" (2001) va boshqa M. asarlari respublika va xorijiy (AQSH, Yaponiya, Angliya, Shvetsiya, Turkiya va boshqalar) mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻplamlarida saqlanadi. 2002-yil dan "Mirzo Anvar manzara galereyasi" ishlaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil