Anvar Ibrohim
| Anvar Ibrohim | |
|---|---|
أنوار إبراهيم | |
|
| |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
Anvar ibn Ibrohim 10-avgust 1947-yil Bukit Mertajam, Penang tojdor mustamlakasi, Malayya Ittifoqi[1] |
| Fuqaroligi | Malaysia |
| Siyosiy partiyasi | |
| Boshqa siyosiy birlashmalari |
|
| Turmush oʻrtogʻi |
Van Aziza Van Ismoil (turm. 1980) |
| Bolalari | 6 (jumladan Nurul Izza) |
| Ota-onasi |
|
| Istiqomat joy(lar)i |
|
| Taʼlim | |
| Alma mater | |
| Kasbi | siyosatchi |
| Imzosi |
|
Anvar ibn Ibrohim (malaycha: Dato‘ Seri Anvar bin Ibrohim; 1947-yil 10-avgust, Cherok Tok Kun, Pinang) – Malayziya davlat va siyosat arbobi, 2022-yildan beri Malayziyaning 10-bosh vaziri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat xizmatchisi oilasida tugʻilgan. Otasi Ibrohim Abdulrahmon parlament aʼzosi va Sogʻliqni saqlash vazirligining parlament kotibi boʻlgan. Onasi – Che Yang Husayn OMNO ayollar tashkilotining faoli. Malayya universiteti bitiruvchisi (1972).
Siyosiy faoliyatini talabalik yillaridayoq boshlagan. 1968-yildan 1971-yilgacha Malayziya musulmon talabalari milliy assotsiatsiyasi (malaycha: Persatuan Kebangsaan Pelajar Islam Malaysia - PKPIM), shuningdek, Malayya universiteti malay tili uchun talabalar harakati boʻlmish Malay tili jamiyatining faol aʼzosi (malaycha: Persatuan Bahasa Melayu Universiti Malaya - PBMUM). 1974-1982-yillarda oʻzi tashkil etgan „Malayziya musulmonlarining yosh avlodi“ (malaycha: Angkatan Belia Islam Malaysia - ABIM) Islom partiyasiga qoʻshilgan. 1974—1976-yillarda qashshoqlik va ochlikka qarshi talabalar noroziliklarini uyushtirgani uchun Ichki xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonun asosida qamoqda boʻlganа[2]. 2022-yil noyabr oyida Malayziya Bosh vaziri etib saylandi[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pokiston prezidentining „Iqbolning yuz yilligi“ bosh medali (1979)
- Islom va demokratiya tadqiqotlari markazining „Moʻtadil musulmon“ mukofoti (AQSH, 2005)
- „Time“ jurnali tomonidan dunyoning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilishi (2008-yil – Malayziyadan yagona)
- Ijtimoiy fanlar boʻyicha musulmon olimlari uyushmasining „Demokratiyani rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun“ mukofoti (Angliya, 2010)
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1979-yildan beri oilali. Rafiqasi – Van Aziza Van Ismoil – Xalq adolat partiyasi prezidenti. Olti nafar farzandi bor. Toʻngʻich qizi Nurul Izza Anvar – Xalq adolati partiyasi vitse-prezidenti.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Anwar Ibrahim“. Encyclopaedia Britannica. Qaraldi: 2019-yil 26-noyabr.
- ↑ Погадаев В. Малайский мир (Бруней, Индонезия, Малайзия, Сингапур). Лингвострановедческий словарь. М.: «Восточная книга», 2012, с. 57
- ↑ „Анвар Ибрагим назначен премьер-министром Малайзии“. 2022-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.