Anu Kaal
Qiyofa
Anu Kaal | |
|---|---|
|
Anu Kaal, 2023-yil | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi |
1940-yil 4-noyabr |
| Kasbi | xonanda |
| Fuqaroligi | SSSR va Estoniya |
| Turmush oʻrtogʻi | Hillar Kaal va Väino Aren |
Anu Kaal (tavallud paytidagi ismi Anu Kindlam; 1940-yil 4-noyabrda tugʻilgan) – estoniyalik koloratura soprano qoʻshiqchisi[1]. 2001-yilda Oq Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anu Kaal dastlab Tallin Musiqa maktabi, soʻngra Estoniya Musiqa va Teatr akademiyasida tahsil olgan. Shuningdek, Milandagi mashhur La Skala teatrida Renata Karozio qoʻl ostida taʼlim olgan.
1967-yildan 1996-yilgacha Kaal opera solisti sifatida faoliyat yuritgan[2]. U mashhur xonanda Georg Ots bilan birga kuylagan[3][4]. 1984-yildan boshlab Estoniya musiqa va teatr akademiyasida dars berib kelmoqda.
Anu Kaal 1986-yilda balet raqqosi va aktyor Väino Aren bilan oila qurgan va 2023-yilda erining vafotiga qadar birga yashagan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Zirin, Mary. Women and Gender in Central and Eastern Europe, Russia, and Eurasia: A Comprehensive Bibliography Volume I: Southeastern and East Central Europe (Edited by Irina Livezeanu with June Pachuta Farris) Volume II: Russia, the Non-Russian Peoples of the Russian (en). Routledge, 2015-03-26. ISBN 978-1-317-45197-6.
- ↑ Soviet Life (en). Embassy of the Union of the Soviet Socialist Republics in the USA, July 1979.
- ↑ Pakats. „Geniaalne, salapärane, traagiline Georg Ots“ (et). Eesti Päevaleht (2020-yil 12-mart). Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ ERR. „Ану Кааль: с Георгом Отсом было легко даже на вершине оперного олимпа“ (ru). ERR (2020-yil 15-mart). Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Aren, Väino - Eesti Entsüklopeedia“ (et). entsyklopeedia.ee. Qaraldi: 2021-yil 4-iyul.