Ants Laikmaa
| Ants Laikmaa | |
Ants Laikmaa, tax. 1920 | |
| Haqiqiy ismi | Hans Laipman (1935-yilgacha) |
| Tavalludi | 5-may 1866-yil Araste, Märjamaa Parish, Rossiya imperiyasi |
| Vafoti | 14-dekabr 1942-yil (76 yoshda) Kadarpiku, SSSR |
| Sohasi | Rassom |
| Taʼlimi | Kunstakademie Düsseldorf |
Ants Laikmaa (1866-yil 5-may, Araste – 1942-yil 19-noyabr, Kadarpiku) – estoniyalik rassom[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ants Laikmaa Märjamaa tumanigi Araste qishlogʻida joylashgan Paiba fermasida tugʻilgan. U kambagʻal eston oilasining oʻn uchinchi farzandi edi. Velise, Haapsalu va Lihula maktablarida taʼlim olgan. Onasi u yosh paytida vafot etgan. Laikmaa rassomlikka boʻlgan qiziqishini erta yoshda kashf etgan. 1891-1893 va 1896-1897-yillarda Düsseldorf sanʼat akademiyasida tahsil olgan. 1897-yildan 1899-yilgacha Düsseldorfda faoliyat yuritgan. U Düsseldorf rassomchilik maktabi vakili hisoblanadi. 1899-yil kuzida Tallinga qaytib kelgan. 1900-yildan 1907-yilgacha Tallin va Haapsaluda rassom sifatida faoliyat yuritgan. Oʻz izlanishlari natijasida u Belgiya, Fransiya, Avstriya, Finlyandiya va Niderlandiya kabi davlatlarga sayohat qilgan. 1901-yilda Tallinda birinchi Estoniya sanʼat koʻrgazmasini, 1906-yilda esa Tartuda birinchi sanʼat koʻrgazmasini tashkil etgan. 1903-yilda Tallinda studiya ochgan, u yerda Otto Krusten singari shogirdlariga ham taʼlim bergan[2][3]. 1907-yilda esa Estoniya sanʼat uyushmasini (Eesti Kunstiselts) tashkil etgan.
1904-yilda 38 yoshli Laikmaa oʻsha davrning eng taniqli shoiralaridan biri boʻlgan 21 yoshli Marie Under bilan uchrashib, uni sevib qolgan. Shu yili u Underning ikkita portretini chizgan, ushbu rasmlar Laikmaaning eng mashhur asarlari hisoblanadi. 1907-1909-yillarda u asosan Finlyandiyada boʻlgan. 1909-1913-yillarda esa Yevropaning yirik sanʼat shaharlariga sayohat qilgan. 1910-yildan 1912-yilgacha Kapri va Tunisda yashagan. 1913-yildan 1931-yilgacha Laikmaa Tallinnda mustaqil rassom va sanʼat oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. Uning shogirdlari orasida yosh Alfred Rozenberg ham bor edi. 1927-yilda u „Miku“ tahallusi ostida ijod qiluvchi modeldan Aino Marie (1969-yilda vafot etgan) ismli qiz farzand koʻrdi. 1932-yilda u Kadarpiku qishlogʻidagi oʻz fermasiga koʻchib oʻtgan va umrining oxirigacha shu yerda yashab, ijod qilgan. Ants Laikmaa 1942-yil noyabr oyida Kadarpikuda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan. Rassom bir umr boʻydoq oʻtgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ants Laikmaa asosan pastel rangtasviri bilan tanilgan. U Estoniyaga impressionizm yoʻnalishini olib kirgan va koʻpincha yorqin ranglardan foydalanib manzaralar chizgan. U siyosiy faoliyat bilan ham shugʻullangan. Eng muhimi, Laikmaa Estoniya sanʼatini oʻrganish va targʻib qilishga katta hissa qoʻshgan hamda Tartu shahrida joylashgan Estoniya milliy muzeyining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Mashhur asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Avtopoetret (1902)
- Lääne neiu (1903)
- Marie Under portreti (1904)
- Vigala taat (1904)
- August Kitzberg portreti (1915)
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Portrait of a Lady (Tutti Schlaff) (1902)
-
Portrait of Marie Under (1904)
-
Old Aitsam (1904)
-
Portrait of Paul Pinna (1906)
-
Portrait of Eugen Schäfer (1906)
-
Vallinkoski (1908)
-
Capri lanshafti (1910)
-
Etna (1910)
-
Night Motif from Capri (1910)
-
Qora tanli bola (1910–1912)
-
Italiyalik bola (1911)
-
Capridagi manzara (1911–1912)
-
Eski firma (1913)
-
Läänemaa firmasi (1918)
-
Carl Robert Jakobson portreti (1920)
-
Selma (1922)
-
Lydia Koidula portreti (1924)
-
Fr. R. Kreutzwald portreti (1924)
-
Hilda Gleser portreti (1932)
-
Taebla lanshafti (1936)
-
Linda Eenpalu portreti (1938)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ lla Rosenfeld, Norton T. Dodge, Jane Voorhees, Art of the Baltics: The Struggle for Freedom of Artistic Expression Under the Soviets, 1945-1991, Rutgers University Press, 2001, ISBN 0-8135-3042-3, p34
- ↑ „Karikaturist Otto Krusten“. Päewaleht (1937-yil 23-fevral), s. 5. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
- ↑ „Kunstnik Otto Krusten suri“. Uus Eesti (1937-yil 23-fevral), s. 1. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Ants Laikmaa haqida turkum mavjud |
