Antropoxoriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antropoxoriya (antropo … va yun. choreo — tarqalish) — baʼzi oʻsimlik mevalari yoki urugʻlarining bir joydan ikkinchi joyga, hatto bir qitʼadan ikkinchi qitʼaga odam vosita-sida tarqalishi. Bunday tarqalish ta-sodifiy (kiyimga yoki ketmon, belkurak kabi mehnat qurollariga ilashib) yoxud ongli ravishda (oʻsimlikni boshqa joyda oʻstirish maqsadida) boʻladi. Bangi-devona, igir kabi oʻsimliklar Osiyodan Yevropaga, kaktus Shimoliy Amerikadan Av-straliyaga, apelsin Xitoydan boshqa mamlakatlarga, kartoshka Janubiy Amerikadan Yevropaga va u orqali Oʻrta Osiyoga, jumladan, Oʻzbekistonga ham tarqalgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil