Antroponimika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antroponimika (antropo ... va yun. opuma – nom) – onomastikaning bo‘limi. Odamlar ismini, ularning tarqalganligi, kelib chiqishi, jamiyatda amalda qo‘llanishini va bundan tashqari antroponimik tizimlar tuzilishi hamda rivojlanishini o‘rganadi. Atoqli ot turlari, taxallus, laqab, nisba va shax-sni atashlikning turli usullari ham A. tadqiqot manbaidir. Mas, Sohibqiron Amir Temur Tarag‘ay Bahodir Ko‘ragoniy. Bunda faqat Temur shaxsning xos ismi, Amir – hukmdorlik darajasini an-glatadi, Sohibqiron – Temurga zamon-doshlari tomonidan berilgan sifat (asr, davr sohibi degan ma’noni bildiradi), Tarag‘ay – otasining ismi (familiya hisoblanadi), Bahodir – otasining laqabi, Ko‘ragon – xonga kuyovlik nisbasi.Dunyodagi turli xalqlarda turlicha antroponimik tizim mavjud bo‘lgan. Mac, Qad. Rimda har bir erkak xos ismi oldidan keladigan nomga – avloddan av-lodga o‘tadigan urug‘ nomiga ega bo‘lgan, bu urug‘ning shajarasini tavsiflagan. Hozirgi Ispaniya va Portugaliyada bir kishi bir necha xos (katolik cherkovi ro‘yxatidan olinadigan) ismga, otasi va onasining familiyasiga ega bo‘lishi mumkin. Islan-diyada har bir kishi, bir necha xos ismga 566(cheklangan ro‘yxatdan olingan) va fa-miliya o‘rnida otasining ismidan hosil bo‘lgan nomga ega bo‘ladi. Xitoy, Koreya, Vetnamda kishi nomi bir bo‘g‘inli fa-miliyadan (turli davrda ular 100 dan 400 gacha bo‘lgan) va xos (odatda ikkita bir bo‘g‘inli morfemadan tashkil topgan) ismga ega bo‘ladi, xos ismlar miqdori cheklanmaydi. A. tizimida kipokoristi-ka (erkalatib, kichrayti-rib atash – mas, Laziz(jon), Dilobar(xon), Homid(cha), Ahmad(cha) va hokazo) aloxida o‘rin tutadi. A. ma’lumotlari tilshunoslikning boshqa sohalari uchun, jamiyatshunoslik-da, xalqlar tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Ernst Begmatov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil