Antratsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antratsen, – kondensirlangan uchta benzol yadrosidan iborat aromatik uglevodorod. Mol. m. 178,24. Rangsiz kristall, eritma va suyuqlikda saqlanib qoluvchi binafsha rangda fluoressensi-yalanadi (tovlanadi). Suyuqlanish temperaturasi 216°, qaynash temperaturasi 342°. A. toshko‘mir smolasi tarkibida 0,3 – 0,5% bo‘ladi va shu smolani haydash jarayonida 270 – 360°da ajralib chiqadigan antratsen moyidan olinadi. A. birinchi marta 1832 yilda toshko‘mir smolasi tarkibida topil-gan. A. oksidlansa antraxinon bo‘yoqlar olish uchun ishlatiladigan muhim oraliq mahsulot – antraxinon hosil bo‘ladi. Aromatik uglevodorodlarga xos reaksi-yalarga kirishadi: galogenlash, nitrola-nish, sulfidlanish va boshqa

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil