Antoniy Mark

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antoniy Mark (Marcus Antonius) (mil. av. 83 — 30) — Rim siyosiy arbo-bi va sarkardasi. A. 58 yilda Falastin va Misrga qarshi yurishda shuhrat qozondi. 54 yilda Sezar bilan birga Galliya urushi-da ishtirok etdi. Respublikachilar tor-mor qilingandan keyin (42) A. sharqiy viloyatlarga hokim qilib tayinlandi. U yerda Misr malikasi Kleopatraga uylan-di. Sharqdagi ko‘pgina yerlarni egallab, Kleopatraning bolalariga hamma vilo-yatlarni taqsimlab berdi. A.ning bu ish-laridan norozi bo‘lgan senat unga qarshi urush e’lon qildi. 30 yilda Aksiy burni yonida bo‘lgan jangda u Oktavian Avgust-dan yengildi. Misrga qochib, u yerda o‘zini o‘ldirdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil