Antonio José de Sucre

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sukre (Sucre), Antonio Xose de (1795. 3.11 — 1830.4.6) — Amerikadagi ispan mustamlakalarida mustaqillik urushi rahbarlaridan biri. Bolivarning eng yaqin safdoshi, general, (1818), marshal (1824). 1810 y. Venesuelada ispanlarga karshi kurash ga rahbarlik kilgan Miranda armiyasiga kirgan. Ekvadorga qilingan ozodlik yurishiga bosh boʻlgan. 1822 y. Pichinchi jangida ispanlar qoʻshinini yenggan. 1824 y. 9 dekda Peruga kilingan ozodlik yurishi chogʻida Ayakuchcho yonidagi hal qiluvchi jangda yengib 1825 y. 7 fevral da LaPasga kirgan. Yuqori Peru hududida 1825 y. 6 avg .da eʼlon qilingan Boliviya Respublikasini barpo etilishida muhim roloʻynagan. 1826 y. 19 apreldan uning muvaqqat prezidenta. 1828 y. 4 mayda bolivarchilarga qarshi koʻtarilgan isyon natijasida mamlakatni tark etgan. 1829 y. 26 fevralda Xiron yaqinida Buyuk Kolumbiya hududiga bostirib kirgan perulik qoʻshinlar ustidan zafar quchgan. 1830 y. — Buyuk Kolumbiya milliy konfessi prezidenti. Fitnachilar tomonidan oʻldirilgan. Boliviyaning jan.dagi shahar, Venesuelaning shim.sharqidagi shtat, Ekvadordagi pul birligi S sharafiga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]