Anton Miranchuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anton Miranchuk
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anton Andreyevich Miranchuk
Tavallud sanasi 17-oktyabr 1995-yil (1995-10-17) (28 yosh)
Tavallud joyi Slavyansk-na-Kubani, Rossiya
Boʻyi 1.85 m[1]
Ampluasi Left winger
Attacking midfielder
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lokomotiv Moscow
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008-2010 Olymp Slavyansk-na-Kubani
2011 Spartak Moscow
2011-2017 Lokomotiv Moscow

Anton Andreyevich Miranchuk (1995-yil 17-oktyabrda tugʻilgan) — rossiyalik professional futbolchi, Moskvaning „Lokomotiv“ klubi va Rossiya terma jamoasida chap qanot yarim himoyachisi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slavyansk-na-Kubani shahrida tugʻilgan Miranchuk Moskvaning „Spartak“ klubiga oʻzi tugʻilgan „Olimp“ futbol maktabidan kelib qoʻshilgan. U jismoniy imkoniyatlari zaif boʻlgani uchun klubdan chetlatilgan. Shundan soʻng u egizak akasi Aleksey bilan Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga koʻchib oʻtgan[2].

Lokomotiv Moskva[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 30-oktyabrda Miranchuk kattalar futbolidagi debyutini Rossiya kubogi doirasidagi Volgogradning Rotor jamoasiga qarshi oʻyinda 88-daqiqada Viktor Obinna oʻrniga maydonga tushgan holda amalga oshirgan[3].

Levadiyada ijarada[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 2-fevralda Miranchuk Estoniyaning " Levadiya Tallinn " klubiga ijaraga berilgan[4]. U yangi jamoadagi debyutini 2016-yilning 2-aprelida Nomme Kalju bilan 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan[5]. 2016-yil 30-iyun kuni Miranchuk UEFA Yevropa ligasida ilk saralash bosqichida Farerning HB jamoasi bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan jamoa tarkibida maydonga tushgan[6]. 2016-yil Meistriliiga mavsumining oxiriga kelib u 14 ta gol urishga erishgan. 

Moskvaning Lokomotiv jamoasiga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miranchuk 2017-yilning 9-aprel kuni „Rostov“ga qarshi oʻyinda „ Lokomotiv“ safida Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan[7]. 2018-yilning 24-oktyabr kuni u UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk golini 2018-19-yilgi mavsumda „ Portu „ga qarshi oʻz uyida jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan[8]. 2020-yil 27-oktabrda u UEFA Chempionlar ligasining 2020-21 -yilgi mavsumida “Bavariya“ga qarshi oʻz uyida 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda gol muallifiga aylangan[9]. U 3-noyabr kuni oʻsha musobaqada „Atletiko Madrid“ ga qarshi oʻyinda yana gol urgan. 

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miranchuk 2017-yilning oktabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Rossiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

2018-yilning 11-mayida u Rossiyaning JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan[10]. 2018-yil 3-iyun kuni u jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritilgan. U turnirda ishtirok etmagan, chunki chorak finalda Rossiya Xorvatiyaga magʻlub boʻlgan. 

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Aleksey Miranchukning egizak akasi boʻlib, u ham Rossiya terma jamoasidagi jamoadoshi hisoblanadi. 

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Lokomotiv Moscow 2013-14 RPL 0 0 1 0 1 0
2014-15 0 0 0 0 0 0 0 0
2015-16 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2016-17 3 0 0 0 3 0
2017-18 29 4 1 0 10 1 1 0 41 5
2018-19 26 11 7 4 6 1 1 0 40 16
2019-20 17 3 0 0 1 0 1 0 19 3
2020-21 23 4 2 0 6 3 1 0 32 7
2021-22 9 1 0 0 0 0 1 0 10 1
Jami 107 23 11 4 23 5 5 0 146 32
Levadia Tallinn (Ijara) 2016 Meistriliiga 30 14 1 0 4 1 35 15
Karyerda jami 137 37 12 4 27 6 5 0 181 47

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Rossiya 2017 2 0
2018 5 0
2019 4 1
2020 5 2
Jami 16 3
11 October 2020
Scores and results list Russiaʼs goal tally first, score column indicates score after each Miranchuk goal.
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 08.06.2019 Mordoviya Arena, Saransk, Rossiya  San Marino 4-0 9-0 UEFA Yevro-2020 saralashi
2 06.09.2020 Pushkash Arena, Budapesht, Vengriya  Vengriya 1-0 3-2 2020-21 UEFA Millatlar ligasi B
3 11.10.2020 VTB Arena, Moskva, Rossiya  Turkiya 1-0 1-1 2020-21 UEFA Millatlar ligasi B

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lokomotiv Moskva

  • Rossiya Premer-ligasi : 2017-18
  • Rossiya kubogi : 2018-19, 2020-21[11]
  • Rossiya Superkubogi : 2019

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]