Anton Belov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anton Belov
Tugʻilgan joyi 29-iyul 1986-yil (1986-07-29) (37 yosh)
Ryazan, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 6 ft 4 in (193 cm)
Ogʻirligi 214 lb (97 kg; 15 st 4 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni chap qnaot
KHL
Sobiq jamoalar
Avangard Omsk
CSKA Moscow
Edmonton Oilers
SKA Saint Petersburg
Dynamo Moscow
Milliy jamoa  Rossiya
Jamoalardagi faoliyat 2004—hozirgacha

Anton Sergeyevich Belov (talaffuzi: Anton Sergeyevich Belov) (ruscha: Антон Серге́евич Бело́в) (1986-yil 29-iyulda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkey himoyachisi. Anton Belov hozirda "Avangard Omsk" xokkey jamoasi bilan Kontinental xokkey ligasida (KHL) o‘ynamoqda. Anton Belov ilgari „CSKA Moscow“, „SKA SaInt PeterSburg“, „Dynamo Moscow“ kabi xokkey klublarida faoliyat olib borgan edi. Anton Belov, shuningdek, „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan Milliy xokkey ligasida (NHL) bir mavsum oʻtkazgan edi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anton Belov 2004—2005-yilgi mavsumda Rossiya Elit ligasi vakili „CSKA Moscow“ xokkey jamoasida ilk professional oʻyinini oʻtkazdi. Anton Belov „CSKA Moscow“ xokkey klubida toʻrt mavsum oʻynadi. Shundan soʻng, Anton Belov Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „Avangard Omsk“ xokkey jamoasi safiga qoʻshildi. Anton Belov „Avangard Omsk“ xokkey klub bilan 2008-yildan 2013-yilgacha boʻlgan mavsumda (besh mavsum) klub safida oʻynadi[1].

2013-yilda Anton Belov oʻz faoliyatini NHLda davom ettirishga qaror qildi. 2013-yil 30-mayda Anton Belov „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[2]. Anton Belov 2013—2014-yilgi mavsumni boshlash uchun jamoaning asosiy roʻyxatiga kiritildi. 2014-yil 10-yanvarda Anton Belov oʻzining NHLdagi birinchi golini „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubi darvozaboni Jeff Zatkoff darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi. KHLda eng yaxshi himoyachi sifatidagi maqomiga qaramay, Anton Belov „Edmonton Oilers“ klubi safidagi dastlabki mavsumida 57 oʻyinda 7 ochko toʻplash bilan yakunladi.

2014-yilning 16-aprelida erkin agent boʻlishga yaqinlashib qolgan Anton Belov „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi bilan Rossiya KHLga qaytish uchun toʻrt yillik foydali shartnoma imzoladi[3].

Anton Belov 2021—2022-yillarda Moskvaning „Dynamo Moscow“ xokkey klubi bilan bitta mavsum oʻtkazdi. Shundan so‘ng, Anton Belov 2022-yilning 3-mayida bir yillik shartnoma imzolab, sobiq klubi „Avangard Omsk“ xokkey klubi tarkibiga erkin agent sifatida qaytdi[4].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2002—2003 Mechel-2 Chelyabinsk RUS.3 21 2 2 4 12
2003—2004 CSKA-2 Moscow RUS.3 32 0 1 1 22
2003—2004 Mechel Chelyabinsk RUS.2 6 0 1 1 2
2003—2004 Mechel-2 Chelyabinsk RUS.3 8 3 3 6 8
2004—2005 CSKA Moscow RSL 30 0 0 0 14
2004—2005 CSKA-2 Moscow RUS.3 20 1 7 8 14
2005—2006 CSKA Moscow RSL 18 0 2 2 35 1 0 0 0 0
2005—2006 CSKA-2 Moscow RUS.3 6 1 2 3 2
2006—2007 CSKA Moscow RSL 49 4 5 9 42 12 1 3 4 8
2007—2008 CSKA Moscow RSL 54 1 4 5 69 6 1 1 2 16
2008—2009 Avangard Omsk KHL 38 1 4 5 71 5 1 0 1 4
2009—2010 Avangard Omsk KHL 39 1 10 11 48
2010—2011 Avangard Omsk KHL 54 4 10 14 28 8 1 2 3 4
2011—2012 Avangard Omsk KHL 50 0 6 6 30 18 1 2 3 12
2012—2013 Avangard Omsk KHL 46 9 17 26 30 12 1 3 4 24
2013—2014 Edmonton Oilers NHL 57 1 6 7 34
2014—2015 SKA Saint Petersburg KHL 36 3 5 8 12 20 1 6 7 13
2015—2016 SKA Saint Petersburg KHL 46 3 7 10 12 15 2 2 4 2
2016—2017 SKA Saint Petersburg KHL 56 9 18 27 12 18 3 11 14 10
2017—2018 SKA Saint Petersburg KHL 24 2 5 7 2 7 0 3 3 27
2018—2019 SKA Saint Petersburg KHL 41 6 10 16 8 17 0 1 1 4
2019—2020 SKA Saint Petersburg KHL 42 4 9 13 8 4 1 1 2 0
2020—2021 SKA Saint Petersburg KHL 37 2 6 8 8 7 0 0 0 2
2021—2022 Dynamo Moscow KHL 22 2 5 7 4 6 0 0 0 2
RSL jami 152 5 10 15 160 19 2 5 7 24
KHL jami 531 46 114 160 271 137 11 31 42 104
NHL jami 57 1 6 7 34

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2003-yil Rossiya U18 3rd 5 0 0 0 2
2003-yil Rossiya IH18 2nd 5 0 2 2 8
2004-yil Rossiya U18 1st 6 1 1 2 6
2005-yil Rossiya WJC 2nd 6 0 0 0 2
2013-yil Rossiya WC 6 8 1 3 4 4
2014-yil Rossiya OG 5 5 1 0 1 0
2014-yil Rossiya WC 1st 10 2 3 5 6
2015-yil Rossiya WC 2nd 10 1 1 2 4
2016-yil Rossiya WC 3rd 9 2 5 7 0
2017-yil Rossiya WC 3rd 10 2 3 5 14
Oʻsmirlar safida 22 1 3 4 18
Kattalar safida 52 9 15 24 28

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Avangard Omsk's 2010–11 Roster“. hockeydb.com (2013-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 2-yanvar.
  2. „Oilers sign Anton Belov to one-year entry level contract“. Edmonton Oilers (2013-yil 30-may). Qaraldi: 2013-yil 30-may.
  3. „SKA has reached an agreement with Belov“ (Russian). SKA St. Petersburg (2014-yil 16-aprel). 2014-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-aprel.
  4. „Avangard signs Anton Belov“ (Russian). Avangard Omsk (2022-yil 3-may). Qaraldi: 2022-yil 3-may.