Antisfen
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Antisfen (miloddan avvalgi taxminan 450 – taxminan 360, Afina) – yunon faylasufi, kiniklar maktabi asoschisi, Sokrat sho-girdi. Platonning gʻoyalar toʻgʻrisidagi ta’limoti dushmani. A. ta’limoti asosan amaliy yoʻnalishda boʻlgan; u ehtiyojlardan voz kechishga, zohidlarcha hayot kechirishga da’vat qilgan. An’ana-viy din va an’anaviy davlatni rad etgan. Uningcha, oqil kishi biron-bir davlatga tegishli boʻlmay, butun dunyo tabaasi (fuqarosi)dir.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |