Antiseptik vositalar tibbiyotda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

=== ANTISEPTIK VOSITALAR (anti … va yun. septikos — chirish) tib-biyotda — teri, gavda boʻshlioʻlari, jarohat yuzasi va boshqa joylardagi kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblarga nisbatan kushandalik xususiyatiga ega moddalar. Ular odamga unchalik taʼsir qilmaydi, asosan dezinfeksiyalash, teri va shilliq pardalarga surtish, jarohatlar va gavda boʻshliqlarini chayish uchun ishlatiladi. Antiseptik vositalar tibbiyotdaga galogenli (xlor, yod va boshqalar) birikmalar, xloramin, pantotsid, Lyugol eritmasi; yodning spirtdagi eritmasi, yo-doform va boshqa oksidlovchilar (kaliy per-manganat, vodorod peroksid), simob (su-lema, simobli mazlar) va kumush (lyapis, protargol va boshqalar) birikmalari, spirtlar, fenollar (karbol kislota va boshqalar), baʼzi boʻyoqlar (rivanol, metilen koʻki, bril-liant yashili va boshqalar) kiradi. Texnikada — yogʻoch materiallarni chirishdan asrash, ularning mustahkamligini kamaytiruvchi zamburugʻlardan saqlash uchun ish-latiladigan moddalar. Antiseptik vositalar tibbiyotda moysimon, suvda eruvchan va erimaydigan xillarga boʻlinadi. Yogʻoch buyumlar yoki materiallarga, koʻpincha, antiseptik suyuqliklar shimdiriladi yoki ularning sirtiga maxsus pastalar surtiladi. Mas, bitum pastalari qurilishda keng tarqalgan. Bitum pastasi II yoki III markali neft bitumini 90 — 100° temperaturada eritib, unga neft moyi, natriy ftorid va torf yoki mineral kukunlari qoʻshib olinadi. Qurilishda ammoniy ftorid, rux xlo-rid singari materiallar koʻp ishlati-ladi. Suvda erimaydigan, ammo organik erit-malarda eritib ishlatiladigan Antiseptik vositalar tibbiyotda ga pentaxlorfenol, betanaftollar va termoplastik materiallardan petrola-tum kiradi. Antiseptik vositalar tibbiyotda temir yoʻl shpallari, telegraf ustunlari, gidrotexnika inshootlarida-gi yogʻoch qismlarga shimdiriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil'Yotiq matn'
===Qalin matn