Antifon
Antifon (yun. antiphonos — javoban sadolanuvchi; anti — qarshi va phon — ovoz, tovush) — ikki xorning yoki yakkaxon xonanda bilan xorning navbatma-navbat kuylashi. Kelib chiqishiga koʻra yunon fojiasi bilan bogʻliq boʻlib, unda xor ikkiga ajralib kuylagan. Keyinchalik turli cherkov xorlariga, jumladan xristian diniy-musiqiy marosimiga kiritilgan. Antifon uslub sifatida Yevropa kompozitorlarining koʻp asarlarida qoʻllangan. Oʻzbek xalqi musiqasida ham Antifon uslubi mavjud, ayniqsa, anʼanaviy katta ashula, yalla va boshqa ijrochiligida kuzatiladi. „Shashmaqom“ning aytim yoʻllarini ijro etishda yakkaxon bilan bir guruh xonandalar yoki ayollar bilan erkaklarning navbatma-navbat kuylashi ham Antifon hisoblanadi. M. Burhonov, S. Boboyev, B. Umidjonov va boshqa oʻzbek kompozitorlarining joʻrsiz xor uchun yaratgan asarlari ham Antifonga misol boʻladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |